www.ziyouz.com kutubxonasi
29
— Ey Rasululloh, uni tezda tozalayman, — deb, tezda ikki qizlarini chaqirdi va ahlatlarni
supurishni buyurdi. Bu payt Abu Lahabning xotini poylab turar, g’azabi qo’zib, qo’shnisi
bilan janjallashishga bahona axtarayotgan edi. Garchi u xaddidan oshgan bo’lsa-da,
Хadicha onamiz uning xiyla-nayranglarini javobsiz qoldirdi. Ularning qiliqlaridan ko’z
yumib, haqoratlarini eshitmaslikka harakat qilar, iloji boricha muloyim va shirin so’z
bo’lishga urinar edi. Хizmatchilari joxillarning o’zlariga va mollariga o’lim tilab, badduo
qilmoqchi bo’lishganida, ularga tanbeh berib to’htatdi:
— Musulmon bilan nomusulmonning o’rtasida qanday farq bor? Agar biz yomonlikka
yomonlik bilan javob qaytarsak, afv etilmaymiz. Bizning duolarimiz qabul qilinmaydi,
ma’rfiratga erisha olmaymiz. Dinimiz amrlarini ado etib, Payg’ambarimiz sunnatiga amal
qilgan bo’lmaymiz. Bunday ozor-aziyatlarga sabr qilishimiz lozim.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam uyga qaytgach, Abu Jahl bilan Abu Lahab
kelishganini, yomon so’zlar bilan haqoratlab ketishganini aytib berdilar.
— Ularning so’zlarini shamol havoga uchiradi (ya’ni behuda ketadi), so’kinishlari esa
o’zlarining zararigadir, — dedilar Payg’ambarimiz.
Qurayshliklar Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning ishlari kun sayin rivoj topib, u
kishiga ergashuvchilarning soni kundan-kunga ko’payayotganini ko’rishardi. Abu Lahab,
Abu Jahl, Ummu Jamilning qarshiliklari ish bermayapti, endi jiddiy chora ko’rmasak
bo’lmaydi, deb o’zaro maslahatga yig’ilishdi. Ba’zilar: "Unga madad berayotganlarni
o’ldirish kerak", dedi. "U kim, qanday qilib yordam beryapti? Amakisi Abu Тolibmi?
Ha…Agar u Muhdmmaddan voz kechmasa, biz undan voz kechamiz. Yana bir kishi bor.
Uning eng yaqin yordamchisi. Bu Хadichadir. Unga yordam berayotgan, moli-joni bilan
qo’llab-quvvatlayotgan o’sha ayoldir. U Muhammadning aytganlarini tarqatmoqda. Unga
ergashganlarni sovg’a-salom bilan taqdirlamoqda. Islomga kirganlarning ko’pi doimo
Muhammadning yonida bo’lib, uni mudofaa etayotganini ko’rmayapsizlarmi?
Muhammadni sehrgar demaganmidik?! Хadicha ham u bilan birga sehr-jodu qilmoqda...
Agar uni to’htatmasak, Muhammadning sehrini sindira olmaymiz".
Kimdir savol tashladi: "Buning uchun nima qilishimiz kerak?" Haligi kishi pichirlab javob
qildi: "Abu Тolibni Muhammaddan uzamiz. Тaxdid qilib, Хadichani ham undan ajratamiz.
Agar bu ikkovining yordami kesilsa, Muhammaddan qutilamiz".
Ko’pchilik bu fikrni ma’qulladi. So’ng ishga kirishdilar. Abu Тolib: "Akamning ug’lidan
hargiz voz kechmayman, aytayotgan so’zlari deb uni tark etmayman", deb javob
qaytardi. Endi ular Abu Тolibning vafotini kuta boshlashdi. Agar u vafot etsa, Muhammad
Хadicha bilan yolg’izlanib qoladi, deb o’zlarini ishontirar edilar. Joxillar aslo tinch
turishmasdi. Ular Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga ergashganlarni o’ldirishga
qaror qilishdi. "Shundan so’ng odamlar o’limdan qo’rqib, yangi dinga kirishmaydi,
yordamchilari uni tark etib, yakkalanib qoladi, da’vat etishga hech kimni topolmaydi va
ishi shu bilan tugaydi", deya gapni bir joyga qo’yishdi. Ular Makkadagi musulmonlarga
azob bera boshlashdi. Ularni quyosh tig’ida yotqizib qo’yib, badaniga qizitilgan temir
bosishar, katta-katta toshlarni ko’kraklariga bostirib qiynashardi. Ko’plarini qorong’u
xujraga qamab qo’yib, och va tashna qoldirishardi. Bechoralar holsiz, hushlaridan ketib
qolishar, lekin ahdlaridan qaytmasdi. Bu mash’um tomoshaga erkaklar bilan birga
xotinlar ham kelardilar. Oxir-oqibat musulmonlar Makkadan chiqib ketishga majbur
bo’ldilar. Negaki, kofirlar ularni ko’rib qolsa, albatta, qattiq qiynoqqa solishardi.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy