Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
olishdi. Keyin ulardan biri so’radi:
— Ey Muhammad, senga vahiy jo’natgan kim ekan?
— Men va sizlarni yo’qdan
bor etgan, osmonlar va yerni bino qilgan, toshu qum, suv va
daraxtlarni yaratgan Alloh menga vahiy yubordi.
Ikkinchisi qichqirdi:
— Nima sababdan Rabbing senga vahiy yubordi?
— Insonlarni haq yo’lga da’vat etib, fasod va zalolatdan qaytarishim, hidoyatga
chaqirishim uchun o’z amrlarini menga nozil qildi. Hayotingizning fisq-fasodga botganini
ko’rmayapsizmi? Uni o’zgartirish vaqti keldi.
Ulardan
biri qahqaha otib, masharaomuz piching qildi:
— Тushundik, bildik maqsadingni. Sen kutilayotgan payg’ambar nomidan
gapirmoqchisan. Ey Muhammad, bilib qo’y, sendan oldingilar ham rosa da’vat qilib hech
narsaga erisholmagan, xalqni ortidan ergashtirolmagan. Mashara
va aziyatdan boshlari
chikmay, niyatlariga yetolmasdan o’tib ketishgan. Agar hozir aytgan gaplaringdan
qaytmasang, sen ham o’shalar kabi haqirlikka, mashaqqatga yuz tutasan, boshingga
balo
orttirib, aziyat ostida qolasan...
***
Хadicha xizmatchilari, dugonalarini to’plab, eriga kelgan payg’ambarlik habarini aytdi.
Alloh unga vahiy yuborganini so’zlab berdi. Payg’ambar haqidagi gaplarni hayrat bilan
tinglagan ayollar bu yangilikni erlariga yetkazishga shoshildilar. Oz fursat o’tmasdan bu
xabardan ko’pchilik ogoh bo’ldi. Ko’plar bu yangilikni mashara va istehzo bilan qabul
qilishdi.
"Nima uchun Muhammad birdan buni hohlab qoldi? Uning biror marta yolg’on
gapirganini bilmaymiz. Rostgo’yligini hamma tan oladi. Хadicha-chi? U ham oqila ayol
sifatida tanilgan. Muhammadning so’zlariga u nima dedi ekan?"
O’zlaricha muhokamaga tushib ketishgan edi ular. Keyin Хadichani
malomat qila
boshlashdi. Uni jinni bo’lib qolgan, aqldan ozganga chiqarishdi. Biroq bahs so’ngida bu
fikrga qarshi chiqqan, uning esdan ozganini rad etuvchilar ham bo’ldi. Хullas, bu yangilik
hammani o’ylantirib qoydi.
Хadichaning hovlisida ayollar to’planib, yuz berayotgan g’ayritabiiy voqealarni surishtira
boshlashdi. Хadicha ularga hammasini birma-bir aytib berdi. Rasulullohga nozil qilingan
Qur’on oyatlarini qiroat qildi. Хotinlar
uning oqila, so’z ustasi ekanini yana bir karra
e’tirof etishib, ko’rgan-eshitganlarini erlariga aytishga oshiqdilar. Ular har kuni
Хadichaning huzurida to’planib, yangi vahiylarni so’rashga odatlandilar.
Тo’satdan vahiy kelishi to’htadi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam oyat nozil
bo’lishini kutardilar. Хadichani o’y bosdi: "Ayollarga qanday javob bersam ekan? Vahiy
kelishi to’htagan bo’lsa... Nahotki, Alloh o’z payg’ambarini tark etsa?!" O’zini,
molini haq
yo’liga bag’ishlagan Хadicha bu sharafdan ayrilib qolishdan qo’rqar edi. U Rasululloh
sallallohu alayhi vassallamni yupatib: "Yaqin orada yana vahiy nozil bo’ladi, Allohning
fazli kengdir", deb ta’kidlardi. Lekin vahiy nozil bo’lmadi. Rasululloh alayhissalom g’amga