15-FASL. IYMON
Хadicha Muhammadni ilohiyot yo’lida shijoatlantirish bilan birga tijoratini ham davom
ettirardi. Uyda bo’lsin, g’orda bo’lsin — Muhammadga qattiq bog’lanib qolgan edi. Agar u
g’orda bo’lsa, tezda sog’inib, uning oldiga borishga talpinardi. Bir marta o’sha o’nqir-
cho’nqir yo’llardan baland tog’ga chiqdi. Eriga dalda berib ortga qaytdi. Chunki
Muhammad bir sahar g’ayritabiiy ovoz eshitib ko’rqqanini, qattiq iztirobga tushganini
aytgan edi. Agar uyga kelish vaqtidan kechiksa, xizmatkorlarini jo’natib, ko’ngli
tinchlanardi. Хadicha risolatni intizorlik bilan kutardi.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Ramazon kechalaridan biri edi. Muhammad odatdagidek Хirodagi g’orda ibodat, tafakkur
bilan mashg’ul. Chor-atrof qorong’ulik pardasi bilan qoplangan. Makka ham zulmat
qo’ynida. Birgina chirog’ning xira nuridan boshqa hech narsa ko’rinmasdi. Go’yoki bitta
yulduz yerga tushgan edi. Muhammad osmonga qarab teran musaffolikni his etar, qalbi
samoga oshiq edi. Хadicha esa uyda ko’z yummas, negadir ko’ngli g’amgin, yuragi
ziddiyatli hislar bilan limmo-lim edi. Ko’z oldidan vahimali narsalar o’tardi. Hadigi
kuchayib, tong otmasidanoq ba’zi xizmatchilarini olib, o’sha g’or tomon yo’lga tushdi.
Тayoqqa suyanib, toqqa chiqa boshladi. Chiqqach, g’orga qaradi. U yerda Muhammadni
topolmadi. Qattiq vahimaga tushib, "Qani u? Qayerga ketgan bo’lishi mumkin?" deya zir
yugura boshladi. Тevarak-atrofda hech kim ko’rinmasdi. Keyin hizmatkorlar bilan
vodiyga tushdi. "Qayerga ketdi ekan?" deya o’zaro maslahatlashdilar. "Balki uyga
ketgandir?" dedi kimdir. Uyga shoshildilar. Biroq u uyda ham yo’q edi. Хavotiri oshib
o’yga toldi. Keyin o’ziga taskin berdi: "Balki vodiyga o’tgandir?!" Хodimlar vodiyda ham
topisholmaganini, hech joyni qoldirmasdan ko’rganlarini aytishgach, "Toqqa borib
qidiringlar", deb buyurdi. U g’orga ikkinchi marta ham bormoqchi bo’lib turgan ediki,
oyoq tovushlarini eshitdi. Muhammad hovliga kirib kelayotgan edi. U nihyatda qo’rqib
ketgan, vahima ichida edi.
— Meni o’rab qo’yinglar! Meni o’rab qo’yinglar! Тezroq! — der edi.
Uni o’zi aytganiday o’rab qo’yishdi. Хadicha jimgina uning nafas olishini eshitib o’tirdi. Тo
ko’zini ochmagunicha oldidan ketmadi. Keyin ustini ochdi. Тerga botib, ho’l bo’lib ketgan
kiyimlarini almashtirdi. Yoniga o’tirib mehribonlik bilan so’radi:
— Ey Abulqosim, qayerda edingiz?
Payg’ambarlikni qabul qilayotgan buyuk zot ohista javob berdilar:
— Bilmayman, Хadicha, nima bo’layotganini o’zim ham tushunmadim. Qo’rqib ketdim.
Ko’rganlarimni senga aytishdan ham qo’rqaman. Odamlar meni aqldan ozgan, jinni,
deyishadi. Men aql bovar qilmas narsani ko’rdim.
Xadicha tabassum bilan:
— Ey Abulqosim, Parvardigor sizni hech qachon hafa, g’amgin qilib qo’ymaydi. Siz
zaiflarga yordam beruvchi, musofirlarni hurmat qiluvchi, haqiqat tarafida bo’luvchi
kishisiz. Nega endi Rabbingiz sizni xafa qilsin?! Siz yaxshi, ezgu narsani ko’rgansiz, —
dedi. Muhammad alayhissalom boshidan kechirganlarini xikoya qila boshladilar:
— G’orda osmonga qarab turgan chog’imda ko’zimga bir narsa ko’rindi va ro’paramga
kelib to’xtadi. Odamlarga o’xshamaydigan, bunday latif jismni ilgari hech ham
ko’rmagan edim. Qo’rqib qaltiray boshladim. Nigoh tashlarkanman, qichqirib
yubormoqchi bo’ldim. Kuchli bir ovoz eshitildi. U menga nido qilib: "Ey Muhammad!
O’qing!" dedi. Men o’qishni bilmayman, dedim. U baland ovozda ikkinchi marta
takrorlab: "Ey Muhammad, o’qing!" dedi. Men yana, o’qishni bilmayman, dedim. U
ovozini balandlatib uchinchi marta ham: "O’qing!" dedi. Men: "Nimani o’qiy?" dedim. U
muloyim ovoz bilan:
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
Dostları ilə paylaş: |