Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

 
14-FASL. ABULQOSIM
Kunlar o’ta boshladi. Ular bir-biriga qattiq muhabbat qo’ydi. Muhammad Makka ahlining 
maslahatgo’yiga aylandi. Biron kattaroq ishni boshlash oldidan uni chaqirishar, uning 
fikrini olmasdan turib biron ishga qo’l urishmasdi. 
Kunlar o’tgan sayin Хadicha farzand ko’rishni orzu qilar, o’rtalaridagi muhabbat 
mustahkam bo’lishini istar edi. Тurmush qurganlariga ikki yil to’lgach, Alloh ularni 
niyatiga yetkazdi: farzandli bo’ldilar. Chaqaloqning yig’isi hovlini tutar, oyoqchalarini 
tinmay harakatlantirar, mitti ko’zchalari bilan o’ng va chapga qarab qo’yardi. Unga 
Qosim deb ism qo’yishdi. Muhammadning qalbi quvonchga to’ldi. Хadicha ham nihoyatda 
xursand edi. U endi Muhammadni Abulqosim deb chaqirardi. Odamlar ham uni 
Abulqosim deb atay boshlashdi. Qosimning tug’ilganiga bir yil to’lmasdan singlisi Zaynab 
ham yo’rgakda ota-onasiga tabassum qilib qarab yotardi. Хadicha Muhammadga o’g’il-
qiz tug’ib berganidan xursand edi.
Kunlardan bir kuni Qosim kasal bo’lib yotib qoldi. Davolashga harakat qilishdi. 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
Muhammad farzandiga ma’yus tikilib turardi. O’g’il vafot etdi. Allohning irodasi va 
qudrati barcha xohish-istaklardan ustundir. Хadichaning ko’z yoshlari sel bo’ldi. Keyin 
Muhammadga qarab: "Alloh hukmini hech kim qaytara olmaydi", dedi noiloj. 
Oy kuni yaqinlashganda Хadicha Parvardigorga iltijo qilib, undan o’g’il so’radi. Ruqiya 
tug’ildi. Parvardigorga yana yolvorib, keyingisi o’g’il bo’lishini so’radi. Ummu Gulsum 
tug’ildi. Allohdan ug’il farzand bilan xursand qilishini tiladi. Fotima tug’ildi. U ug’il 
tug’maganidan g’amgin, xafa bo’ldi. Faqat Muhammadning qizlarini qattiq sevishi uning 
g’amini aritar, yengillatar edi. 
Erining tafakkurga g’arq bo’lishi, samolarga tikilishi, Allohga shukr qilishi kun sayin oshib 
borardi. U odamlardan uzilib, ko’p vaqtini uzlatda o’tkazardi. Uyda o’zining hujrasi bor 
edi. Birgalikda 14 yil yashashdi. Undan biror marta yomon so’z eshitmadi. 
Muhammadning yoshi qirqqa yaqinlashgan sayin yuzida kundan-kunga payg’ambarlik 
alomatlari ziyoda bo’la boshladi. So’zlarida payg’ambarona ma’nolarni ilg’ash mumkin 
edi. Bir kuni uyqudan uyg’ongach, ko’rgan tushini aytdi. Ko’p o’tmasdan uning tushi 
amalda zohir bo’ldi. Хadichaning quvonchi ortdi. Erining payg’ambarligini ko’rish orzusi 
kuchaydi. Unga bo’lgan mehribonligi yanada oshdi. O’zining qalban poklanayotganini his 
qildi. 
Muhammad Makkadagi baland, chiqish qiyin bo’lgan Хiro tog’ini tanladi. Yilda bir oy 
o’sha yerda ibodat qiladigan bo’ldi. Ramazon oyida kerakli un, tuz va yog’ olib, usha tog’ 
sari yo’l oldi. Mashaqqatli yo’l bosib, cho’qqiga ko’tarildi. Baland cho’qqidagi g’orda 
o’ziga joy hozirladi. Odamlardan uzildi. Dunyo hoyu havaslaridan uzoqlashgan holda 
Allohga yuzlandi. Тurmush baqir-chaqirlaridan, shovqin-suronlaridan yuz o’girdi. 
Odamlarning yong’onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, bema’ni so’zlaridan yiroqlashdi. Inson va 
Alloh orasida parda bo’ladigan har qanday narsani tark etdi. Ramazon tugagach, 
Хadichaning huzuriga qaytdi. Bir oy davomida mashaqqat chekkan edi. Rafiqasi uning 
charchog’ini yozib, xursand etishga harakat qildi. Shirin, muloyim so’zlar bilan uning 
og’riqlarini aritishga kirishdi. Хiro tog’ida u bilan birga bo’lib, baland chuqqilarni ko’rishni 
orzu qildi. Osmondagi yulduzlarning sokin jimir-jimirini, yulduzlarning uchishini tomosha 
qilgisi keldi. Bir oy mobaynida eri bilan birga bo’lishni xohladi. Kelasi yilning ramazoni 
ham yaqinlashdi. Хadicha safar jabduqlarini tayyorlashga kirishdi. Muhammad oldingi 
yildagidek Хiro tog’iga yo’l oldi. Bu yil uni shirin so’zlar, o’zgacha mehribonlik bilan 
kuzatib qo’ydi. Ko’nglini oydinlik chulg’adi: u intiqlik bilan kutgan kunlar yaqin qolgan 
edi. Allohdan o’sha kunlarda ham payg’ambarning yonida bo’lishni so’rardi.

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin