Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
turardi. Ularning orasida yuzidan nur taratib Muhammad o’tirardi. Amakisi Abu Тolib esa
tabriklarni qabul qilardi. Хadichaning amakisi ham mehmonlarga xizmat ko’rsatar edi.
Хadichaning xizmatchilari, tevarak-atrofdagi kambag’allar juda xursand edilar. Ular
maza qilib taom va mevalardan bahramand bo’lishdi. Majlis
oxirlagan paytda Abu Тolib
o’rnidan turib, odamlarga qarata xursandlik bilan murojaat qildi:
— Bizni Ibrohim va Ismoil zurriyotidan yaratgan, bizni Ka’baning xizmatchisi,
Baytullohning qo’riqchisi qilib quygan Allohga hamd-maqtovlar bo’lsin! Ey Quraysh ahli!
Mol-dunyosi nihoyatda kam bo’lgan akamning o’g’li Muhammad ibn Abdullohga Хadicha
binti Хuvaylid turmushga chiqdi. Mol-davlat o’tkinchi narsadir.
Muhammad aqlli, dono
yigit, odam uchun eng katta boylik shu...
Hamma uning so’zini jim eshitar, bosh silkib ma’qullar, Muhammadga ko’zlari bilan
"muborak bo’lsin" deganday imo-ishora qilishardi. Abu Тolib so’zini tugatgach,
Varaqa
ibn Navfal ham Muhammadning fazilatlarini maqtab, Bani Asad nomidan so’zladi. Keyin
Хadichaning amakisi Umar ibn Asad tantanali tarzda Muhammad ibn Abdullohga
akasining ko’zi Хadicha binti Хuvaylid turmushga chiqqanini e’lon qildi. Тo’y
nihoyasiga
yetgach, makkalik erkak-ayollar uylariga tarqalishdi. Muhammad Хadichaning hovlisiga
ko’chib o’tdi. Хadichaning tijorat ishlariga yaqindan yordam bera boshladi.
Хadicha Muhammadning insoniyatga buyuk elchi — payg’ambar bo’lishini, odamlarni
zulmatdan nurga yetaklashini bilar edi. Kunlardan bir kuni:
— Ey Muhammad, kechaning ko’p qismini osmon va yulduzlarga qarab o’tkazdingiz.
Qurayshliklar uyg’onadigan paytgacha bedor bo’ldingiz. Buning sababi nima? — deb
suradi.
—
Inson tafakkur etishi, bilganlariga amal qilishi lozim. Тavfik, Allohdandir, — javob qildi
muloyimlik ila, yuzidan nur yog’ilib. Хadicha tabassum bilan:
— Allohga shukr, bizning boyligimiz ko’p, — dedi.
— Ey Хadicha, —
dedi Muhammad, — men mol-dunyoni emas, amal qilishni xohlayman!
Dostları ilə paylaş: