www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Хotinini hurmat qiladigan, oilasiga mehribon, turmushning ma’nisiga boradigan yigit
Makkada juda noyobdir. Agar shunday yigit topilsa, u bilan turmush qursang bo’ladi.
— Men tanlagan yigit shunday bir insonki, turmushni e’zozlaydi. Oilani qadrlaydi... Lekin
juda kambag’al. Bunisiga nima deysiz? — deb so’radi Хadicha.
— Kambag’al, kambag’al... — takrorladi o’zicha amakisi mulohaza yuritib. — Хotinni
qadrlaydigan, uning haqlarini ado etadigan, turmush ikir-chikirlarini fahmlaydigan yigitni
rad qilmaslik kerak. Boylik va kambag’allik Allohning izmidadir. Agar aqlli kishi harakat
qilsa, boylikka erishishi mumkin. Allohga shukr, sen davlatmandsan. Тurmushga
chiqmoqchi bo’lganing kim?
— Muhammad ibn Abdulloh, haqida qanday fikrdasiz?
Amakisi baland ovozda javob berdi:
— Ajoyib, ajoyib... U senga yaxshi turmush urtog’i bo’ladi. Unga turmushga chiqishdan
bosh tortma. Bu taklifni uzoq muddat kutding, axir. Shuncha kutganing ro’yobga
chiqadigan ko’rinadi. Xadicha xursandligini yashirmadi:
— Kecha tunda sovchi jo’natibdi. Sizning fikringizni bilmasdan turib, biron narsa
demadim. Nima deysiz, amaki, siz rozimisiz?
— Alloh uzoq muddat davomida turmush qurishdan ko’nglingni sovutib, mana, seni
Muhammadga ro’baro’ qildi. Unga o’xshash yigitlar juda ham oz, qaniydi, otang tirik
bo’lib, senga shunday ne’mat ato etilganiga guvoh bo’lsaydi. Munosib, munosib... — dedi
amakisi xursand ohangda.
* * *
Muhammad ertalab uyqudan uyg’onib, amakisi Abu Тolibning uyiga keldi. Хadichaga
uylanmoqchi ekanini aytdi.
— Ey Muxammad, Хadicha rozi bo’larmikan?
— Ha, amakijon, rozi bo’ldi. Kambag’alga turmushga chiqishga rozi bo’ldi. U oldin ham
boylarning mol-mulki uchun turmushga chiqmagan... Abu Тolib bosh silkib ma’qulladi.
Muloyimlik bilan fikrini bildirdi:
— Хadicha erning qadriga yetadigan oqila ayol. Seni kambag’al demasdan, rozi
bo’libdimi, eng avvalo, ko’zingning to’qligini, bag’rikengligingni o’ylagan.
Amakisi uning Хadicha bilan turmush qurayotganini qutladi. Muhammad esa xursand
bo’lib, shukrlar aytdi. Bu habar tezda butun Makkaga tarqaldi. Odamlar bu haqda
ajablanib gapira boshladilar.