Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
bilanmurosa qilolmay, oilasi buzilib ketgan ayollarni esladi. Ular nima uchun erga 
tekkanlarini, oila qurishdan maqsadlari nima ekanini anglamaganlar. O’zidan esa ko’ngli 
to’q. kelajagiga ishonch bilan qarar, yaqin qolgan to’yi haqida o’ylardi. Onasi tinimsiz er-
xotinlik muammolari, burchlari haqida gapirar, nimaga amal qilish keragu nimani tark 
etish lozimligini uqtirar edi. Xadicha huddi madrasa talabasidek saboq olar, biroq bu 
saboqlaro’ta jiddiy fan – hayot darsligidan edikim, sinov va imtihonlari ham o’ziga 
yarasha ma’suliyatli, murakkab edi. Biroq Xadicha onasini eshitgan sari xotirjam tortar, 
bu o’gitlarni yoddan bilishini o’ylab, ko’ngli quvonardi. 
To’y kuni Xuvaylidning hovlisi qavm-qarindosh, do’st-birodarlar bilan to’lib toshdi. Bani 
mahzumlik ayollar Atiqning Xadichaga yuborgan qimmatbaho sovg’alarni ko’tarib 
kelishdi. Quraysh ayollari ham rango-rang tuhfalar bilan keldilar. Jonliqlar so’yilib, to’yga 
Makka ahli tashrif buyurdi. Hovlida kuy – qo’shiq sadolari yangray boshladi. O’sha kuni 
havo ochiq bo’lib, yengil shabada esib turardi. Makka ahli kechani Xuvaylid xonadonida 
kutib oldilar. Ka’baning yonida nikoh marosimi bo’lib o’tdi. Odamlar duolar aytishib, 
uning atrofini aylandilar. So’ng to’yhonada o’yin-kulgi qilishib, allamahalda tarqaldilar. 
4 – FASL. TO’Y 
Makkada o’yin-kulgi avjiga chiqqan, kuy-qo’shiqlar yuraklarni zavqu shavqqa 
to’ldirayotgan va bu shodiyonaga hamma sherik bo’layotgan chog’da faqat bir ko’zi ojiz 
kishigina sukut saqlab o’tirardi. U qo’shiq va raqslarga e’tibor qilmas, o’zi bilan o’zi ovora 
edi. Hatto to’y sohibi Xuvaylid unga: “Ey, Varaqa, bu kecha shod-hurramlik kechasi, 
amaking qizini uzatmoqda, hursandchilik sen ham sherik bo’lsang-chi”, deb tanbeh ham 
berdi. Biroq u: “Amaki, bilasiz-ku, men bularning baridan uzoqlashganman”, dedi nim 
tabassum bilan. 
O’tirganlardan biri uni masharalab: “Ey Varaqa, hali ham o’z fikringdamisan, sen, 
yaxshisi, Makkadan chiqib ketganing durustroq. O’z dinini begona dinga almashtirgan bir 
odamsan-da”, dedi. Ikkinchisi qah-qaha urib: “Biz sendan rozi emasmiz. Rum, fors 
dinlarini o’rgangan bitta sensan. Biz esa ko’pchilikmiz. But – sanamlarimiz ham 
Ka’baning atrofida son-sanoqsiz. Biz ularni asraymiz, ular bizni qo’riqlaydilar. Bizga 
ne’matlar yetkazib, qiyinchiliklarimizni ketkazadilar”, deb qichqirdi. Keyin yana biri 
ovozining boricha masharalab: “Ey, adashgan kimsa, ilohlarimiz bizga qanday ne’matlar 
ato qilganini ko’rmayapsanmi?! Xuvaylidning qizi Xadicha Atiq ibn Obidga turmushga 
chiqayotgan kechada but-sanamlarimiz hursandchiligimizni ta’minlash uchun bizga 
sharob va taomlar berganini-chi? Qaysi yo’lga kirgan bo’lsang ham, tezda qaytgin-da, 
bizga qo’shilib kayfu-safo qil. Toki bizga qo’shilmas ekansan, tirik yurganingdan ko’ra 
o’lganing afzalroq”, dedi. 
“Ey Varaqa, qachondan beri ruxoniy, taqvodor bo’lib qolding? Sening shahrimizda 
yashashing boshimizga ko’p balo, fasod keltiradigan ko’rinadi. Yo, ota-onang senga 
tarbiya bermaganmi?! Hayotimizni barbod qilishni, dunyo lazzatlaridan bizni mahrum 
etishni hohlaysanmi?” dedi davradagilardan biri keskin tarzda. Keyin bu so’zlarga 
ko’pchilik qo’shildi. Varaqani masharalab, yigitlar rosa lazzatlanishdi. Keksalar ham bu 
munozaradan rosa huzur qildilar. Ular so’zlarini tugatgunlaricha, Varaqa jimgina eshitib 
o’tirdi. Keyin qat’iy ohangda dedi: “Mayli, bugun bizni mashara qildinglar, lekin ertaga 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin