Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
“Ey amaki, havotirlanmang,
tinchlik, ayting-chi, siz tushlar ta’birini bilasizmi?” deb
so’radi. Keyin ko’rgan tushini so’zlab berdi. Bu tushni eshitib,
amakisining yuzi yorishib
ketdi. Quvonch bilan: “Xadicha, sen tez kunlarda erga tegasan”, dedi.
Xadichaning hayrati oshdi: “Mening erga tegmasligimni, o’zimni farzandlarimga
bag’ishlaganimni yaxshi bilasizku. Tushimning ta’birini so’rasam,
siz boshqa narsa
haqida gapiryapsiz. Yo’q, men erga tegmayman!” dedi qat’iy qilib. Varaqa tabassum
qildi-da, yana: “Tez kunlarda erga tegasan, - dedi. – Mening hazlni yoqtirmasligimni
yaxshi bilasan. Sen bir porloq quyoshga – odamlarni qorong’ulikdan yorug’likka
yetaklaydigan, adashganlarni to’g’ri yo’lga boshlaydigan zotga erga tegasan. Sen
payg’ambarga erga tegasan! U o’zing o’qigan
kitoblarda bashorat qilgan, arablar
orasidan chiqadigan rasuldir. Alloh unga dushmanlari bilan urishganda u bilan birga
bo’ladigan soliha xotinni nasib qiladi. Sen shunga tayyormisan? O’zingni o’sha
mashaqqatlarga tayyorla. Tushing sening o’sha payg’ambarga xotin bo’lishingni
bildirmoqda”.
Xadicha g’alati hissiyotlar bilan xovlisiga qaytdi. U haqiqat va shubha orasida edi.
“Amakimning o’z ilmiga suyanib bu tush haqida qilgan ta’biri ro’yobga chiqarmikan? Bu
ulkan quyosh bilan u aytgan payg’ambar orasida qanday bog’liqlik bor? U payg’ambar
arablar orasidn chiqishini qaerdan biladi? Mening unga turmushga chiqishimni-chi?” deb
o’zi bilan o’zi bahslashar edi. Nima bo’lganda ham, ko’rgan tushi va uning ta’biri
hayolidan ketmasdi. Biroq bu to’g’rida hech kimga hech nima demadi.
Dostları ilə paylaş: