8-FASL. MUROJAAT Yamanga jo’natilgan karvonning qaytib kelishiga oz vaqt qolgan edi. Bir kundan so’ng
karvonning kelayotgani haqida habar keldi. Хadichaning hovlisida yangi yuklarni qabul
qilib olish uchun tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Yangi mollar do’konlarga jo’natildi.
Ishchilarning haqqi ortig’i bilan to’landi. Ular xushmuomala va saxiylikdan xursand
bo’lgan holda minnatdorchilik bildirib, hayrlashishdi. Хadicha do’konidan sovg’a - salom
oldi-da, qo’shnilariga ulashdi. Ular hursand bo’lishganidan raqsga tushib o’ynab berdilar.
Хadicha tezda Shomga jo’naydigan karvonga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Uning
hizmatiga kirishni, yukini olib ketishni istaganlar ko’p edi. Ishchilar yuklarni
tayyorlashar, tuyalarni xozirlab, issiq, sahro qo’ynida kechadigan mashaqqatli safarga
suvni g’amlab qo’yish uchun idishlarni jamlardilar.
Jo’nash chog’ yaqinlashgan paytda Хadichaning huzuriga Makka saidlaridan biri Abu
Тolib ibn Abdulmuttalib tashrif buyurdi. Mezbon uni hurmat bilan kutib oldi, o’tirishga
taklif qildi, karvon va tijorat ishlaridan, foyda va ziyondan gaplasha boshladilar. Хadicha
o’z ishlari haqida, daromadi va ishchilariga tulaydigan maoshi haqida ma’lumot berdi.
Abu Тolib uning ish yuritish uslubini, tadbirkorligini maqtadi. Suhbat davomida Abu Тolib
nima uchun kelganini aytishga qulay fursat topdi. Akasining o’g’li Muhammad 25 yoshga
yetsa-da, hali uylanmagan edi. Тo’y qilish uchun unda yetarli mol-mulk yo’q edi. U faqir
bo’lib, Makka ahlining qo’ylarini boqardi. Agar otasi Abdullox ibn Abdulmuttalib hayot
bo’lganida, shubhasiz, Makka saidlari qatorida yurar edi. Nachora, taqdir ekan.
Endi esa, Abu Тolib unga cho’ponlikdan ko’ra ko’proq, foyda keltiradigan ish topishni
maslahat berardi. Uylanishga yetarli mablag’ topishini hohlardi. Хadichaning xuzuriga
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy