Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Quyosh hovlisiga tushganini, uy sahnini yoritib yuborganini va butun olam nurga to’lib
porlaganini
tushida emas, xuddi o’ngida ko’rganday edi. Oldidagi yigit o’sha bashorat
etilgan kishi ekanini ich-ichidan his etdi. Hissiyotini jilovlab, tijorat va karvondan gap
ochdi. Yigit Хadichaning so’zlarini jim, e’tibor bilan eshitardi. Uning so’zlari
tugagach,
o’rnidan turib, u bilan xayrlashdi-da, uyiga qarab yo’l oldi. Хadicha Muhammadda
odamlar maqtagan fazilatlar jamul-jam ekaniga guvoh bo’ldi. Qalbida unga nisbatan
muhabbat uyg’ondi. Karvon jo’naydigan kuni maoshini to’lab, ko’rsatmalar berdi. Unga
Maysara ismli hizmatkorini qo’shib jonatdi. Keyin boshqalarga qo’shilib olishni buyurdi.
Karvon ko’zdan g’oyib bo’lguncha uning ortidan qarab qoldi.
Muhammad va Maysara yonma-yon tuyalarga minib olishgan edi. Karvon tog’u
sahrolardan o’tardi. Muhammad bundan juda shod edi.
Kechalari osmonga termulib,
Allohning qudratiga tahsin aytardi. Kunduzlari esa bepayon sahro, qum barhanlari,
baland-baland tog’larga tikilib yurardi. Karvon esa manzilga tezroq yetish uchun jadallab
borardi.
Xadicha o’sha tushida ko’rgan quyosh va uning osmondan
hovlisiga tushgani haqida
o’ylar edi. Amakisining o’g’li aytgan barcha sifatlar Muhammadda mavjud ekanini
angladi. Ha, bu o’sha tushida namoyon bo’lgan Quyoshdir. O’z-o’zini “Ey, Xadicha, senga
nima bo’lyapti?! Erkaklardan yuz o’girgan, Makka boylaridan,
raislaridan kelgan
sovchilarni rad etgan eding. Endi esa bu yigitga muhabbatning oshmoqdami?!” deya
so’roqqa tuta boshladi.
“Nahotki yana turmushga chiqsam-a? Nahotki u payg’ambar bo’lsa? Amakimning o’g’li
aytgan payg’ambar shu yigitmikan? Agar bu bo’lmasa, undan boshqa kim bo’lishi
mumkin?!” U shu yang’lig’ o’y-hayollarini, xavotirlarini tarqatib yuborishni xohlar, keyin
yana Muhammad haqida o’ylar edi.
Dostları ilə paylaş: