Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

2 – FASL. NOZIK SAVDO 
Xuvaylid Xadichaga qarab-qarab qo’ya boshladi. So’ngra muloyimlik bilan undan so’radi: 
“Xadicha, Shomga jo’natish uchun tayyorlab qo’ygan karvonimiz haqida nima deysan?” 
Qizi savolni chiroyli tabassum bilan qarshiladi. Keyin odob bilan: “Karvon yaxshi 
hozirlangan. Savdo – tijoratimiz, Allohga shukur, kasodga uchramay foyda keltirmoqda. 
Qaysi shaharga borsa, rivoj topmoqda. Karvonimizda yaxshi tartib – intizom 
o’rnatilgan”, dedi. 
Otasi tabassum bilan yana so’radi: “Karvon bilan jo’natmoqchi bo’lgan odamlarimiz va 
ishchilarimiz haqida nima deysan?” 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
“Albatta, ular nimani sotib olishni va nimani olmaslikni yaxshi bilgan, ziyrak kishilar”, 
deya javob qaytardi Xadicha. 
Xuvaylid xotini Fotimaga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra yana Xadichaga savol tashladi: 
“Makkaning mohir savdogarlari haqida fikring qanday? Seningcha, ularning qaysi biri 
ishning ko’zini, foyda olish yo’llarini ko’proq biladi?” 
Qizi bir oz o’ylanib, odob bilan so’radi: “Qanday foyda haqida so’rayapsiz: halol foydami 
yoki harom?” 
Otasi shoshib javob qaytardi: “Ha, albatta, halol foyda, harom foydaning ohiri voy-ku. U 
faqat bir marta egasiga foyda keltiradi-da, keyin barakani qochiradi. Aloh uni zoye 
ketkazadi. Men sendan savdo-sotiqda halollik bilan mohir bo’lganlarni so’rayapman…” 
Qizi omonatga hiyonat qilmaydigan, halollik bilan ish yurituvchi Makka savdogarlarini 
birma-bir sanadi. So’zining so’ngida ota-onasiga nazar tashladi. Otasi: “Atiq ibn Obid 
to’g’risida fikring qanday?” deb so’radi. Javob tezda bo’ldi: “U Bani mahzunliklar kabi 
savdoda mohir, foyda olish yo’llarini yaxshi biladigan, boylik ta’mini totib, uni 
ko’paytirish istagida yurgan savdogar”. 
Xuvaylid yana shoshilinch savol tashladi: “Haloldanmi, haromdanmi?” 
Qizi eshitgan - bilganlariga tayanib, qat’iy javob berdi: “Guvohlik beramanki, u halol yo’l 
bilan shuhrat topdi. Harom molga yaqinlashmaydigan, sahiy va shijoatli inson. Men o’z 
ahliga undan-da sevimliroq bo’lgan boshqa kishini bilmayman”. 
“Shu safargi tijorat ishlarimizni unga yuklamoqchimiz,-dedi Xuvaylid bir oz tin olib, 
qiziga boshdan – oyoq nazar tashlarkan. – Unga savdodan-da muhimroq, moldan-da 
qimmatbaho, har qanday boylik tenglasholmaydigan omonatni topshirmoqchiman”. 
Xadichaning hayoliga birdan haligi mehmonlar keldi. Ota – onasini suhbatini esladi. 
Otasining hozir nima haqida so’z ochmoqchi ekanini payqab, yuzi qizarib ketdi. U boshini 
egib turar, javob qaytarishga uyalar edi. Xuvaylid sekingina, muloyimlik bilan: “Atiq 
haqida fikring qanday?” dedi. Xadicha hamon boshini ko’tara olmas, yuzi lov-lov yonar
bor shijoatini to’plab, so’zlashga kuch izlardi. Ota-onasi undan javob kutib, yuqoridagi 
savolni takrorlashlariga to’g’ri keldi. 
Oxiri Xadicha zo’rg’a, eshtilar-eshtilmas ovozda: “Otamning roziligi mening roziligim 
emasmi?!” deb javob bera oldi, halos. Otasi yaqin kelib, uning peshonasidan o’pdi va : 
“Sen Atiqqa, Atiq senga munosib, - dedi - Alloh yaxshilikni sevuvchi va yaxshilar bilan 
yaxshilarni ro’baro’ qiluvchi Zot. Parvardigordan Atiq haqidagi fikrimni to’g’ri chiqishini 
va go’zal juftlik amalga oshishini o’tinib so’rayman”. 
So’ng onasi kelib, Xadichaning ikki yuzidan bir-bir o’pdi-da, eriga yuzlandi: “Biz Atiq 
istaganidek to’yni tezlashtira olmaymiz. El qatori to’y liboslari va boshqa jihozlarni 
tayyorlash uchun anchagina vaqt kerak bo’ladi”. 
Xuvaylid ularni tinchlantirdi: “Bir-ikki oy ichida karvon kerakli jihozlarni Yaman va 
Shomdan keltiradi, ungacha bir oz kutib turamiz… Fotima, do’konlarimiz mol-ashyoga 
to’la. Hohlaganlaringni olaveringlar, ahir barcha boyligimiz Xadichaniki-ku”. 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin