Mavzu: Biologiya o`qitishning asosiy shakllari
Reja:
1.Biologiya o`qitishning shakllari
2.Biologiya darslari
3.Fan darslarining strukturasi
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman
oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin
kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni
bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi
ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar
boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni
eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
BIOLOGIYA DARSLARI
Ma’lumki, biologiyani o‘qitish dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari ishlar
va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida biologiyani
o‘qitishga tizimli yondoshildi. O‘quv dasturidan o‘rin olgan har bir mavzuning
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi hisobga olingan holda biologiyani
o‘qitishda quyidagi dars turlaridan foydalanish tavsiya etildi:
1. Ma’ruza darslari Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan ma’ruza darslari
didaktik maqsadi va mazmuniga ko‘ra uch guruhga ajratiladi:
Kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza.
Kirish ma’ruzalari o‘quv fanining, u yoki bu bobni o‘rganishga bag‘ishlangan
birinchi darsda foydalaniladi. Unda o‘quv fanining, mazkur bobning o‘rganish
masalalari, muammolari, keyingi darslarda o‘tkaziladigan mavzularga qisqacha
to‘xtaladi. Ma’ruza mazmuni va o‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishiga ko‘ra
induktiv yoki deduktiv ravishda tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ma’ruza induktiv
tuzilganda, avval o‘quvchilarni hodisa va obyektlar bilan tanishtirilib, keyin umumiy
xulosa keltirib chiqariladi. Shunga bog‘liq holda o‘quvchilarning o‘quv-bilish
faoliyati ham induktiv tarzda tashkil etiladi.
Shunday qilib, o‘rta maxsus, kasb ta’limi muassasalarida biologiya o‘quv fanini
o‘qitishning samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim-tarbiya jarayoniga
tizimli yondoshuv sanaladi va o‘qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi:
1. Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza) darslari.
2. Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga
mo‘ljallangan) darslari.
3. Modulli dars.
4. Muammoli (aqliy hujum) darslar.
5. Didaktik-o‘yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, o‘yin
mashqlar) darslar.
6. Sinov (didaktik kartochkalar, test topshiriqlari, o‘zaro nazorat varag‘i yordamida,
EHM nazorat dasturlari vositasida o‘tkaziladigan) darslar.
7. Amaliy mashg‘ulotlar.
8. Laboratoriya mashg‘uloti.
9. Ekskursiya.
10.Umumlashtiruvchi dars
Deduktiv ma’ruzada esa buning aksi bo‘ladi, ya’ni avval umumiy tushunchalar
beriladi, keyin obyektlar va hodisalar yordamida uning mazmuni ochib beriladi.
Shunga bog‘liq holda o‘quvchilarning o‘quvbilish faoliyati deduktiv tarzda tashkil
etiladi. Biologiyani o‘qitishda ma’ruza darslari bilan bir qatorda seminar
mashg‘ulotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |