Tursunov javohirbek


-modda. Televideniye va radioeshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi.  17-modda



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix06.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#108568
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
@BOOKS KITOB FONETIKA QO\'LLANMA

16-modda. Televideniye va radioeshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. 
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham 
amalga oshiriladi. 
18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra – boshqa tilda 
amalga oshiriladi. 
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining 
matnlari davlat tilida bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo‘shma 
korxonalarning, shuningdek, milliy madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari 
matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi. 
20-modda. Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat 
tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin. 
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, 
yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi. 
22-modda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalar va geografik 
obyektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi. 
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida 
yoziladi. 
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan 
qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga 
oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 


TURSUNOV JAVOHIRBEK 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin