LAB UNDOSHLARI 1. Lab-lab
b, p , m 2. Lab-tish
v, f TIL UNDOSHLARI 1. Til oldi
d, j, l, n, r, s, t, z, sh, ch Shercha jonsiz til oldi 2. Til o`rta
y 3. Til orqa
g , k, ng 4. Chuqur til orqa
q, g` , x BO‘G‘IZ UNDOSHI h Hosil bo`lish usuliga ko`ra : Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to‘siqqa uchrab, shu to‘siqda portlab yoki sirg‘alib o‘tib ketishiga ko‘ra ham tavsiflanadi. Ikki nutq a’zosining jipslashuvi natijasida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining zarb bilan portlab o‘tishidan portlovchi undoshlar hosil bo‘ladi. Ikki nutq a’zosining o‘zaro jipslashmasidan, bir-biriga yaqinlashishi natijasida havo oqimining ular orasidan ishqalanib-sirg‘alib chiqishidan sirg‘aluvchi undoshlar hosil bo‘ladi. PORTLOVCHILAR d, t, j , m , n , g , k , q , b , p , ng Tik bodom tagida oppoq jo`ja SIRG`ALUVCHILAR g` , z , y , sh , h , l , r , x, v, f, s. (dj). G`oziy shohlar xavfsiz (dj) QORISHIQ UNDOSH ch - Izoh : Qorishiq undoshlar ikki usul asosida – to‘la bo‘lmagan portlash va undan keyin sirg‘alish natijasida
vujudga keladi: d+j=dj, t+sh=ch.
TURSUNOV JAVOHIRBEK Tovush paychalarining ishtirokiga ko`ra : Undoshlar tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsizlarga bo‘linadi. Jarangliundoshlar tarkibida shovqin bilan birga ma’lum darajada ovoz ham ishtirok etadi.