TURSUNOV JAVOHIRBEK
URG`U VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI
So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq
yoki cho`ziqroq talaffuz qilinishiga
urg‘u
deyiladi. Urg`uning vazifalari :
1. So`zlarning fonetik tarkibini
uyushtirish;
2. Gap tarkibida so`zlarni bir-biridan farqlash.
Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, uni zeriktirmaydi.
Urg‘u tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo‘lishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi
So`z urg`usi (leksik urg`u)
Gap urg`usi (mantiqiy urg`u)
So`z bo`g`inlaridan birining boshqalariga nisbatan
kuchliroq talaffuz qilinishi. Yozuvda urg`u tushgan
bo`g`in tepasiga
(`)
belgisini qo`yish bilan ifodalash
mumkin.
Gapda so`zlovchi tomonidan alohida ahamiyat
berilib, ta’kidlab ko`rsatilgan bo`lakning kuchli
ohang bilan aytilishi.
So`z urg`usi, odatda, bo‘g‘indagi unli tovushga tushadi. So‘z nechta bo‘g‘indan tuzilganligidan
qat’i nazar, unda bitta urg‘u bo‘ladi. Urg‘uning
erkin va
bog‘liq (bog‘langan)
urg‘u degan ko‘rinishlari
bir-biridan farqlanadi. Erkin urg‘u bir bo‘g‘indan ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chish xususiyatiga ega bo‘lgan va
so‘zning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan urg‘u bo‘lsa, bog‘liq urg‘u so‘zdagi biror bir bo‘g‘inga
doimiy bog‘lanadigan urg‘u sanaladi. Turkiy, jumladan, o‘zbek tilida urg‘u o‘rniga ko‘ra ko‘chib yuruvchi
urg‘u sanaladi. Masalan,
o`rikzòr, o`rikzorlàr, o`rikzordà
O‘zbek tiliga
arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan
o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror
o‘ringa ega. Bu urg‘uning o‘sha tillardagi ahamiyati bilan bog‘liqdir. Masalan,
tadbir, monitoring, reklama,
tijorat, ma’lum, bahor, astronomiya, antenna va hokazo. O`zga tillardan o`zlashgan so`zlarga qo`shimcha
qo`shilsa ham, urg`uning o`rni o`zgarmaydi.
So‘z urg‘usining muhim vazifalaridan biri so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir. Agar urg‘u so‘z
bo‘g‘inlarida o`zaro almasha olsa, ma’no ham o‘zgaradi, urg‘uni bir bo‘g‘inga qo‘ysak, boshqa ma’no,
ikkinchisiga qo‘yganda esa o‘zga bir ma’no anglashiladi. Bunday urg‘u
erkin urg‘u
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: