Jarangsiz undoshlar ovoz mutlaqo qatnashmaydigan, faqat shovqindangina iborat bo‘lgan tovushlardir.
JARANGLILAR
b
d
g
j
j
(dj)
v z
g` y
l
m
n
r
ng -
-
JARANGSIZLAR
p
t
k
ch sh
f
s
x
-
-
-
-
-
-
q
h
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra :
Undosh tovushlar tarkibida
shovqin miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘lsa
yoki ovoz mutlaqo qatnashmasa,
bunday tovushlar shovqinlilar deb nomlanadi. Agar ovoz miqdori ustunlik qilsa, bunday tovushlar
sonor (ovozdor) dir.
OVOZDORLAR (SONORLAR)
l, m, n, ng, r
1. Burun tovushlari
m , n, ng
2. Yon tovushi
l
3. Titroq tovushi
r
SHOVQINLILAR
Sonorlar (m, n, ng, l, r) dan boshqa barcha undoshlar
Tarkibiga ko`ra :
Fonemalar tarkib jihatdan ham ikki turga ajraladi : sof va qorishiq. O`zbek tilida bitta qorishiq fonema
mavjud – ch. Uning qorishiq deyilishiga sabab – lotin tilidagi „c“ va o`zbek tilidagi „h“ harflarining
birikuvidan hosil bo`lganligidir.
SOF UNDOSHLAR
Qorishiq undosh (ch) dan tashqari barcha undoshlar
QORISHIQ UNDOSH
ch
Undoshlar tasnifini ushbu jadval bo`yicha yodlash tavsiya qilinadi.
Fonema
Hosil bo`lish o`rniga
ko`ra
Hosil bo`lish usuliga
ko`ra
Tovush paychalarining
ishtirokiga ko`ra
Ovoz va shovqinning
ishtirokiga ko`ra
B b
Lab-lab
Portlovchi
Jarangli
Shovqinli
D d
Til oldi
Portlovchi
Jarangli
Shovqinli
F f
Lab-tish
Sirg`aluvchi
Jarangsiz
Shovqinli
G g
Til orqa
Portlovchi
Jarangli
Shovqinli
H h
Bo`g`iz undoshi
Sirg`aluvchi
Jarangsiz
Shovqinli
J j
Til oldi
Portlovchi
Jarangli
Shovqinli
J (dj)
Til oldi
Sirg`aluvchi
Jarangli
Shovqinli
K k
Til orqa
Portlovchi
Jarangsiz
Shovqinli
L l
Til oldi
Sirg`aluvchi
Jarangli
Sonor
M m
Lab-lab
Portlovchi
Jarangli
Sonor
N n
Til oldi
Portlovchi
Jarangli
Sonor
P p
Lab-lab
Portlovchi
Jarangsiz
Shovqinli
Q q
Chuqur til orqa
Portlovchi
Jarangsiz
Shovqinli
R r
Til oldi
Sirg`aluvchi
Jarangli
Sonor
S s
Til oldi
Sirg`aluvchi
Jarangsiz
Shovqinli
T t
Til oldi
Portlovchi
Jarangsiz
Shovqinli
V v
Lab-tish
Sirg`aluvchi
Jarangli
Shovqinli
X x
Chuqur til orqa
Sirg`aluvchi
Jarangsiz
Shovqinli
Y y
Til o`rta
Sirg`aluvchi
Jarangli
Shovqinli
Z z
Til oldi
Sirg`aluvchi
Jarangli
Shovqinli
G` g`
Chuqur til orqa
Sirg`aluvchi
Jarangli
Shovqinli
Sh sh
Til oldi
Sirg`aluvchi
Jarangsiz
Shovqinli
Ch ch
Til oldi
Qorishiq-portlovchi
Jarangsiz
Shovqinli
Ng ng
Til orqa
Portlovchi
Jarangli
Sonor
TURSUNOV JAVOHIRBEK
QATOR VA QO`SH UNDOSHLAR
Nutqda har xil undosh tovushlarning qator
kelishi yoki birga bir xil undoshlarning qator qo’shaloq holda
qo‘llanishi uchraydi. O‘zbek tilida so‘z tarkibida tovushlarning qo‘shaloq qo‘llanishi asosan o‘zlashma so‘zlar
ta’sirida paydo bo‘lgan hodisadir. Chunki o‘zbek tilidagi so‘zlar tarkibida tovushlar aksariyat hollarda
unli+undosh
yoki aksincha
undosh+unli
tarzida joylashadi. Xususan, o‘zbek adabiy tilida undoshlarning
qator hamda qo`shaloq holda kelishi, asosan, so‘z o‘zlashtirish orqali vujudga kelgan bo‘lib, quyidagicha
kombinatsiyalarda uchratish mumkin.
So`z boshida
So`z o`rtasida
So`z oxirida
Ssuda
Katta
Kongress
Traktor
Do`stlik
Qirq
Qator undosh
Qo`sh undosh
Bir bo`g`in tarkibida yonma-yon kelgan har xil
undoshlar.
So`z tarkibida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar.
So‘z boshidagi qator undoshlar o‘rtasiga yoki oldiga
bir qisqa unli qo‘shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa
unli yozilmaydi.Masalan : stol (istol tarzida talaffuz
qilinadi)
Ikki, chaqqon kabi so‘zlarda qo‘sh undosh qismlari
aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Go‘sht, do`st, barg kabi so‘z oxirida kelgan qo‘sh
undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham,
yozuvda ifodalanadi.
Million, artilleriya kabi so‘zlarda kelgan qo‘sh
undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo‘sh
undosh bilan yoziladi.
Paxta, nimcha, o'simlik so‘zlarida ham yonma-yon
kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir
bo‘g‘inda bo‘lmaganligi uchun qator kelgan
undoshlar hisoblanmaydi.
Gramm, metall kabi so‘zlar oxirida kelgan qo‘sh
undosh- lardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham,
yozuvda hamisha ifodalanadi.
Gramm, metall, ball kabi so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo‘shimchalar, egalik
qo`shimchasi va boshqa qo`shimchalar qo‘shilganda, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi.
Masalan, metall+lar = metallar, gramm+i = grami, ball +im = balim, metall + ing = metaling.
Ushbu holatlarda ham qo`sh undoshlik xususiyati saqlanadi.
O`zbek alifbosida maxsus belgilar orqali berilmaydigan bitta undosh mavjud – ng. Ushbu harf birikmasi
ba’zida bitta tovushni (ng), ba`zida esa ikkita tovushni (n,g) ifodalab kelishi mumkin.
Shunga ko`ra, “ng” harf birikmasi qatnashgan barcha so`zlar ham qator undoshli so`zlar hisoblanmaydi.
Masalan, singil, dengiz, ko`ngil so`zlarida qator undosh mavjud emas. Shtanga, kongress, langar kabi
so`zlarda esa qator undosh mavjud, chunki bu yerda n va g harflari alohida tovushlarni ifodalab kelgan.
Ng tovushini n va g tovushlaridan farqlash uchun quyidagi qoidaga amal qiling.
Bir asos tarkibida yonma-yon va ikki unli o`rtasida kelgan n va g harflari sof o`zbekcha so`zlarda
har doim „ng“ tovushini ifodalaydi. Bo`g`inga ajratilganda esa ikkinchi unli bilan birgalikda ajratiladi.
Masalan, ko`/ngil, si/ngil, de/ngiz. Chetdan kirib kelgan so`zlarda n va g harflari alohida-alohida
tovushlarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, kon/gress, lan/gar kabi.
Qo‘sh undoshlar, odatda, o‘zbek tilida so‘z o‘rtasida keladi: malla, shovvoz, tizza, do‘ppi kabi.
Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda esa so‘z oxirida ham qo‘llanadi: gramm, metall, kilovatt kabi.
Talaffuzda qo‘sh undoshlardan birini aytmaslik adabiy talaffuz maromiga ziddir, ayniqsa, o‘zbek tilida
bu holat ma’no farqlashga ham xizmat qiladi: sodda – soda, modda – moda, billur – bilur (bilar ma’nosida)
kabi. O‘zbek tilida qo‘sh undoshlar o‘zak oxiridagi undoshdan keyin shunday undosh bilan boshlanuvchi
qo‘shimcha qo‘shish (eshit+tir, es+siz, gul+lar kabi), o‘zak oxiri va qo‘shimcha boshidagi tovushlarning
TURSUNOV JAVOHIRBEK
o‘zgarishi (bir+ta–bitta, vatan+ni – vatanni, ek+gin – ekkin,chiq + guncha – chiqquncha kabi), sifatning
kuchaytirma shakli yasalishi (oppoq, soppa-sog‘, chippa-chin kabi) bilan hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |