Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro
ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar yoki fuziya hodisasi deyiladi. Fonetik hodisalar
unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir.
TOVUSH ALMASHISHI (MOSLASHISHI) HODISALARI
Assimilatsiya
Bir
tovushning
yon
tovushga
moslashishi
yoki
ikki
noo`xshash
tovushning o`xshash bo`lib qolishi.
Assimilatsiya ikki xil bo`ladi. Oldinda
oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush
o`zgarsa,
progressiv
assimilatsiya
deyiladi. Keyingi tovush ta’sirida
oldingi tovush o`zgarsa,
regressiv
assimilatsiya
deyiladi.
Faqat talaffuzda
aks etishi
Ham talaffuzda, ham
yozuvda aks etishi
Ot+di=otti
Ket+di=ketti,
Tuz+siz=tussiz
Yoz+sin=yossin,
Xat+ni=xatti,
Ish+ga=ishka,
Taqsim=taxsim,
Shanba=shamba
Tanbur=tambur
Son+a=sana,
Ong+la=angla,
Ot+a=ata,
Yosh+a=yasha,
Chiq+gan=chiqqan,
Qishloq+ga=qishloqqa
Tik+gan=tikkan
Non+voy=novvoy.
Bir+ta=bitta
Tilak+ga=tilakka
Tuzuk+gina=tuzukkina.
TURSUNOV JAVOHIRBEK
Dissimilatsiya
Ikkita bir xil yoki qisman o`xshash
tovushning o`zaro ta`sirida noo`xshash
bo`lib
qolishi.
Bu
hodisani
assimilatsiyaning aksi deyish mumkin.
Dissimilatsiya ham iki xil bo`ladi.
Oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush
o`zgarishga
uchrasa,
progressiv
dissimilatsiya
deyiladi. Keyingi tovush
ta’sirida oldingi tovush o`zgarsa,
regressiv dissimilatsiya
deyiladi.
Faqat talaffuzda
aks etishi
Ham talaffuzda, ham
yozuvda aks etishi
Zarur=zaril
Maqta=maxta,
Uch+ta=ushta,
Koridor=kolidor,
Zarar=zaral,
Devor=devol,
Ittifoq=intifoq
Qishloq+i=qishlo
g`
i.
Qishloq+ing=qishlog`ing,
Tala+n=talon,
Qara+l=qarol,
Tara+q=taroq,
Birorta=bironta
Metateza
Yonma-yon kelgan tovushlarning o`zaro
o`rin almashinuvi. Bu hodisa ko`proq
jonli so`zlashuvga, ayniqsa, shevalarga
xos
bo`lib, adabiy
tilde kamroq
uchraydi.
Tuproq=turpoq
to`g`ramoq=to`rg`amoq,
daryo=dayro,
afv=avf,,
ahvol=avhol,
supra=surpa…
TOVUSH ORTISH HODISALARI
Asos+so`z yasovchi
So`z yasovchi qo`shimcha
ta’sirida tovush ortishi
Achi+q=achchiq, isi+q=issiq, sasi+q=sassiq,
his+iy=hissiy,tib+iy=tibbiy,jiz+a=jizza,
shart+a=shartta,taq+q=taqqa, shar+os=sharros,
var+ak=varrak, gur`+ak=g`urrak…
Asos+egalik
qo`shimchalari
Ayrim so`zlarga I va II
shaxs egalik qo`shimchalari
qo`shilishi natijasida tovush
ortishi.
Mavzu+im=mavzuyim, obro`+im=obro`yim,
mavqe+ing=mavqeying, baho+ing=bahoying,
Xudo+im=Xudoyim, avzo+ing=avzoying,
parvo+ing=parvoying…
Ko`rsatish
olmoshi+egalik
qo`shimchasi
U, bu, shu, o`sha kabi
olmoshlarga egalik
qo`shimchalari qo`shilishi
natijasida tovush ortishi.
Bu+im=bunim, u+ing=uning,
o`sha+i+si=o`shanisi, shu+i+si=shunisi..
Ko`rsatish
olmoshi+kelishik
qo`shimchasi
U, bu, shu, o`sha kabi
olmoshlarga
jo`nalish,
o`rin-payt, chiqish
kabi
kelishiklarning qo`shilishi
natijasida tovush ortishi.
U+ga=unga, u+da=unda, bu+dan=bundan…
Fe’l+nisbat
qo`shimchasi
Demoq, yemoq
kabi
fe’llarga
majhul va birgalik
nisbat qo`shimchalarini
qo`shish natijasida tovush
ortishi.
De+il=deyil, ye+ish+yeyish…
Izoh : “Orzu” so`ziga egalik qo`shimchalari qo`shilganda hech qanday tovush ortmaydi.
TALAFFUZDA RO`Y BERADIGAN TOVUSH ORTISH HODISALARI
PROTEZA
So`z boshida tovush ortishi. Stol=istol, stul=istul, stakan=istakan..
EPENTEZA
So`z o`rtasida tovush
ortishi.
Trakor=tiraktor, fikr=fikir, hukm=hokum,
uzr=uzur, oila=oyila, soat=soxat, sinf=sinif.
EPITEZA
So`z oxirida tovush ortishi.
Tank=tanka, bank=banka, disk=diska,
TURSUNOV JAVOHIRBEK
TOVUSH TUSHISH HODISALARI
Asos+egalik
qo`shimchasi
Ayrim so`zlarga egalik
qo`shimchalari qo`shilishi
natijasida tovush tushishi.
Og`iz+im=og`zim, ko`ngil+ing=ko`ngling,
bag`ir+i=bag`ri, burun+i=burni,
bo`yin+i=bo`yni, qo`yin+i=qo`yni,
singil+im=singlim, qorin+i=-qorni, bo`g`iz+i-
bo`g`zi, o`g`il+i=o`g`li, o`rin+ing=o`rning,
egin+im=egnim, yarim+i=yarmi,
shahar+i=shahri, zahar+i=zahri…
Dostları ilə paylaş: |