68
Auditor ish sifatini nazorat qilish auditning o’tkazilishi va auditga turdosh
xizmatlarning ko’rsatilishi chog’ida uning andozalari va auditorlik faoliyatini tartibga
solib turuvchi boshqa xil me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish
uchun foydalaniladigan
tashkiliy choralar, uslublar va jarayonlar tizimini o’z ichiga
oladi.
Har bir auditorlik tashkiloti shi sifati ustidan nazorat qilish tamoyillari va
qoidalarini,
shuningdek, ulardan foydalanish jarayonlarini ishlab chiqishi va qabul
qilishi lozim.
Bu esa auditning o’tkazilishi jarayonida tekshirishning umum belgilangan
andozalari bilan ziddiyatlarning yuzaga kelmasligi uchun zarurdir.
Audit ish sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi:
- asosiy auditor tomonidan o’z assistentlari ishini nazorat qilish;
- auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishini nazorat qilish;
- tashqi nazorat.
Asosiy auditorning o’z assistentlari ishini nazorat
qilishi uning ish sifatini
tekshirishda juda muhimdir
.
Asosiy auditor auditning o’tkazilishi jarayonida assistentlar tomonidan
bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilishi va yo’naltirib borishi kerak.
Assistent deganda asosiy auditordan kasbiy darajasi jihatdan farq qiluvchi
xodimlar tushuniladi.
Assistentlardan farqli o’laroq,asosiy auditor auditning bajarilishi uchun to’liq
javobgar hisoblanadi..
Ishlar topshiriladigan assistentlar ma’lum bir ma’noda ularning javobgarligi va
bajarilishi lozim bo’lgan jarayonlarning
maqsadlari haqida, xo’jalik yurituvchi
sub’ektning faoliyati va bo’lishi mumkin bo’lgan auditorlik jarayonlarining mohiyati,
o’tkazilish vaqti va miqyoslariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hisobga oid auditorlik
muammolari to’g’risida tegishli ravishda xabardor qilingan bo’lishlari lozim.
Auditor ishining auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat
qilinishi quyidagilar
vositasida amalga oshiriladi:
69
- mijoz oldida auditorlik rejasining va audit o’tkazish dasturining
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
- tashkiliy-etik auditorlik tamoyillariga qat’iyan rioya etish (xususan, mijozga
maslahatlar beruvchi yoki uning buxgalteriya hisobini tiklab beradigan auditor uning
o’zini tekshirish uchun va shu kabilarga bormaydi);
- asosiy auditor tomonidan auditorlik xulosasi berib bo’linganidan keyin
auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan hisobotlarning
ishonchliligini
mijoz uchun bepul bo’lgan takroriy qayta tekshirishlarni o’tkazish;
- tashqi nazorat amaldagi qonunchilikda va me’yoriy hujjatlarda ko’zda
tutilganidek, davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi
Auditor ishi sifatini nazorat qilish ikki asosiy yo’nalishga ega.
1. Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarni nazorat qilinish;
2. Sifatni umumiy nazorat qilish.
Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarining nazorat qilinishi quyidagi
tushunchalarni o’z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: