O’zbekistonda turizmni rivojlantirish tarixiga nazar



Yüklə 288,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix09.05.2023
ölçüsü288,22 Kb.
#110328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
999-1007

To‘rtinchi bosqich (o„z ichiga 1998 yilni oladi). Ko„plab mutaxassislarning 
baholashlaricha, bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, 
xususiyroiqtiso va investitsiyalarni barqaror oqimini ta‟minlash uchun imkoniyat 
yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari darajasida shakllantirish, 
turizmga bilvosita tegishli bo„lgan xizmat ko„rsatish infratuzilmasini, xususan, 
turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta 
shakllantirish boshlandi.
Beshinchi bosqich (1999 yil maydan hozirgi davrgacha). Ushbu bosqichda 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi 
to„g„risida”gi Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmni tutgan 
o„rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy 
asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu meyoriy hujjat asosida turistik 
korxonalarga qo„shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, O„zbekistonning 
xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm bo„yicha maslahatchi 
lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida «Turizm 
to„g„risida»gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat 
ko„rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. 
 
NATIJALAR
O„zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, 
mamlakatning asosiy turizm rayonlariga bo„linishi xususida to„xtalib o„tish muhim 
ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Respublikada to„rtta asosiy turistik mintaqa 
mavjud bo„lib, ular Farg„ona, Samarqand-Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm 
mintaqalaridir. Farg„ona turizm mintaqasi Farg„ona vodiysini o„z ichiga qamrab 
oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalar va me‟morchilik obidalari, 
qulay tabiiy sharoitlar, an‟anaviy xalq hunarmandchiligi va san‟ati mahsulotlari, 
sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo„llarning keng 



Yüklə 288,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin