Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1002 www.ares.uz tarmog„ini
mavjudligi ham Farg„ona mintaqasidan turizm maqsadlarida
foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini
joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning
barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm
rayonidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar,
yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy
landshafti, rang-barang o„simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor
bo„lishiga sabab bo„ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo„llari tarmog„i
Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog„laydi hamda
shahar atrofidagi temir yo„l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi.
Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o„z
ichiga qamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur
me‟morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos
hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o„tuvchi temir yo„l va keng
tarmoqdagi shosse yo„llari, Zarafshon tog„ tizmasi orqali o„tgan unchalik baland
bo„lmagan dovonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun
g„oyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan
Xivaning Ichan +al‟a qo„riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo„q g„oyatda boy
tarixiy-me‟morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko„rsatayotgan turizm
mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo„lib, ular Jizzax,
+arshi-Termiz va O„rta-+oraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi
mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini
yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.
Har qanday sharoitda, xususan, o„tish davrida turizm infratuzilmasini
rivojlantirishda davlat asosiy rol o„ynaydi. Deyarli barcha davlatlar milliy
iqtisodiyotida turizm tarmog„ining ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi. Chunki,
turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy
ishchi kuchlarini malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan ta‟minlash manbai;
bozorni shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi;
qurilish (mehmonxonalar, kempinglar. motellar), kommunikatsiya (uyali, tele va
optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro andozolardagi temir yo„l
vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat ko„rsatish infratuzilmasi (avto yoqilg„i
quyish stansiyalari) kabi sohalarga yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish
vositasi; milliy xalq hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va
hududda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy