O’zbekistonda turizmni rivojlantirish tarixiga nazar


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 288,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix09.05.2023
ölçüsü288,22 Kb.
#110328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
999-1007

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1003  www.ares.uz 
yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta daromadlarini 
samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm infratuzilmasini 
rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratadi, bu soha uchun 
kadrlar tayyorlash masalasini yo„lga qo„yadi, viza rejimini soddalashtiradi, turistik 
mahsulotlar va an‟anaviy tovarlarni ishlab chiqarishni rag„batlantiradi.
 
MUHOKAMA 
Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O„zbekistonda ham iqtisodiyotining 
noishlab chiqarish soxalaridan biri xususan turizm soxasiga katta e‟tibor kuchayib 
bormoqda. Insonlar borgan sari o„zlarining bo„sh vaqtlarini samarali o„tkazishga, 
dam olishga, sog„ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini 
bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o„zining harakat doirasini 
o„zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar 
kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo„ldi. O„tgan 2004 
yilda dunyo aholisining har to„rtinchisi sayohat qilganlar. Ayrim mamlakatlarda 
turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o„sish 
sur‟ati 8-10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, A+SH va 
boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir 
qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, 
hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko„rsatish sohalari rivojlanib ketadi. 
Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega.
Bularga «Buyuk Ipak Yo„li»ning shox tomiri respublikamizdan o„tganligi, butun 
dunyoga mashxur tarixiy va madaniy shaxarlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Shaxrisabz, qo„qon, Toshkent va boshqa shaxarlar, tabiiy va sog„lomlashtirish 
resurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shoximardon, Zomin, Boysun, SHerobod
va boshqa shaxarlar kiradi. Hozirgi kunga kelib O„zbekistonda turizmni rivojlantirish 
uchun asos solindi deb hisoblasa bo„ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yilda «Buyuk 
Ipak yo„li»ni qayta tiklashda O„zbekiston respublikasining faol qatnashishi va 
respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to„g„risida»gi farmonining Prezidentimiz 
tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq 
imtiyozlarga ega bo„lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yuli»da joylashgan tarixiy va 
madaniy shaxarlarda turistik yo„nalishlarning rivojlanishiga turtki bo„ldi. Ming yillar 
davomida «Buyuk Ipak yo„li» Osiyo va Yevropa xalqlarini birlashtirishning 
ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo„l bo„ylab tovarlar, 
bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada 



Yüklə 288,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin