O’zbekistonda turizmni rivojlantirish tarixiga nazar


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 288,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix09.05.2023
ölçüsü288,22 Kb.
#110328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
999-1007

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1005  www.ares.uz 
tashkilot «Buyuk Ipak yo„li» nomli turistik mahsulotning sotilishini rag„batlantirishi 
mumkin.
Uchinchi qism esa, qadimgi aloqaning oxirgi nuqtalarini o„z ichiga qamrab 
oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda 
Butunjaxon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yo„li»ni targ„ibot qilish deb 
hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta‟minlaydi, balki bu 
yo„l bo„ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi. 
«Buyuk Ipak yo„li» turistik maxsulot mavqeining ko„tarilishi uchun albatta 
fundamental asos bo„lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol 
hamkorligi kerak. Bu yerda xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va ratsional 
tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mexmonxona komplekslari munosabatisiz 
amalga oshirib bo„lmaydi. Butunjaxon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo„li» 
loyihasi bo„yicha keyingi yig„ilishi Xitoyda 1996 yilda bo„lib o„tdi, bunda 
mahsulotning marketingiga oid masalalar ko„rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo„li»da 
turizm bo„yicha ikkinchi anjuman ham bo„lib o„tdi. Ekspertlar fikriga ko„ra bu yerda 
«Buyuk Ipak yo„li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy 
va tarixiy obyektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari 
shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma 
savollar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997 yil aprel oyida 
Texronda «Buyuk Ipak yo„li» bo„yicha ikkinchi xalqaro yig„ilish bo„lib o„tdi. Bunda 
quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yo„li»ning regionlarini xalqaro targ„ibot 
qilish, bu turistik ma‟lumotni reklama qilish uchun global axborot kommunikatsiya 
tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish. 
1994 yildan boshlab Butunjaxon Turistik Tashkiloti «Buyuk ipak yo„li» 
loyihasini barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londonda WTM va 
Madridda FJTUR faol targ„ibot qila boshladi. 
Butunjaxon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko„ra 2020 yilga kelib 
dunyoning asosiy turistik yo„nalishlari bo„lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi 
kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi o„rinni egallaydi va o„rtacha 
yillik 8 % o„sish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln.ga, Gonkongga 
esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o„rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk 
Ipak yo„li» loyihasiga ishtirokchilarning oldida turistik maxsulotni shakllantirishda 
bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya-O„zbekiston-
Xitoy, Fransiya-O„zbekiston-Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 
mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O„zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini 



Yüklə 288,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin