Scientific progress



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#111266
1   2   3   4   5   6   7
texnologiya-faniga-oid-to-garak-mashg-ulotlarida-o-quvchilarni-estetik-madaniyatini-rivojlantirish-tizimi (1)

 
 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1602
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Bu ulkan va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda barcha fan o’qituvchilari 
qatori texnologiya ta’limi o’qituvchilari dars jarayonida ma’lum bilimlar sistemasini 
berish bilan cheklanmasdan, o’quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amalda, ya’ni 
xayotda tadbiq etilishiga erishmog’i lozim. Bu borada sinfdan tashqari uyushtiriladigan 
mashg’ulotlarning ahamiyati juda katta. Chunki dars vaqt jihatidan chegaralangan o’quv 
rejasidagi bilimlarni berish bilan kifoyalanadi. Texnologiya ta’limiga oid bo’lgan 
bilimlarni har bir maktab o’qituvchisi sinfdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshirish 
imkoniyati kattadir. Bularning amalga oshirilishi o’quvchilarning fan asoslarini 
o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi, puxta va atroflicha bilim bilan qurollantiradi 
mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda, qolaversa ongli kasb tanlashida 
muhim rol o’ynaydi.
Ayrim fan o’qituvchilari sinfdan tashqari mashg’ulotlarni darsdan tashqari 
mashg’ulotlar bilan aralashtirib yuboradilar. Vaholanki, darsdan tashqari qilinadigan 
ishlar o’quv reja asosida, ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunda 
sinfdagi barcha o’quvchilar bevosita ishtirok etadilar.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari 
o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularning fanga bo’lgan 
qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan 
iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko’riladigan masalalardan yana biri 
o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan kasb 
tanlashga yo’llashdan iboratdir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin