Page 1604 1-shakldan ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari mashg’ulotlarning xar bir shakllari
ko’rsatilgan bo’lib, ular dars bilan uzviy aloqadadir.
Texnologiya faniga oid bo’lgan sinfdan tashqari uyushtirilgan mashg’ulotlarni
yuqorida bayon qilingan shaklllari asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Sinfdan
tashqari olib boriladigan mashg’ulotlarning hammasi bir-birini to’ldirib borishi kerak.
Ayrim o’quvchilar guruxi bilan yakka tartibdagi, ommaviy mashg’ulotlar o’rtasida
keskin chegara bo’lishi mumkin emas.
NATIJA Yuqoridagi aytib o’tilgan hujjatlarda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga
oshirish uchun o’quvchilarni estetik madaniyatini shakllantirish va kasb-hunarga
yo’llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg’ulotlarni samarali o’tkazish
texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, o’quvchilarni sinfdan
tashqari mashg’ulotlarda esetetik madaniyatini rivojlantirish va kasb yo’naltirish
samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish,
ikkinchidan, mashg’ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan
foydalanish, uchinchidan, xar bir o’quvchining individual fazilat va sifatlarini to’laroq
e’tiborga olish muhim hisoblanadi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning estetik madaniyatini
rivojlantirishga yordam beruvchi mashg’ulotlardan foydalanish, vositalarni ishga solish,
kasbga yo’naltiris maqsadida kasblar to’g’risida ma’lumot berish, kasbga yo’llash,
kasbiy yo’l-yo’riq ko’rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis
ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha
aytganda, o’quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasbga yo’naltirishning
umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab kursatishimiz mumkin.
Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o’quv jarayonini loyihalash
bosqichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya’ni: