birinchi bosqichda - amalga oshiriladigan texnologiyaning maqsadini,
o’quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasb-hunarga yo’llash ishlari
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil qilinadigan sinfdan
tashqari mashg’ulotlarning asosiy shakllari
Ayrim talablar bilan
o’tkaziladigan
mashg’ulotlar
Guruhlarga bo’linib
o’tkaziladigan
mashg’ulotlar
Ommaviy tarzda
o’tkaziladigan
mashg’ulotlar
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1605
samaradorligini oshirishga ularning sinfdan tashqari mashg’ulotlari mazmunini
takomillashtirish orqali erishish;
ikinchi bosqichda - shakllantirilgan maqsad asosida uni amalga oshirish
yo’llarini belgilab olish, ya’ni sinfdan tashqari mashg’ulotlarning o’quvchilar extiyoji
va qiziqishlariga javob bera oluvchi eng maqbul majmuasini asoslash; o’quvchilarni
mashg’ulotlarga jalb qilishda ixtiyoriylik mezonini maxsus tanlov metodi bilan
uyg’unlashtirish, sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmunini tanlashda individual va
individual-tabaqalashtirilgan metodlardan o’rinli foydalanish;
uchinchi bosqichda - sinfdan tashqari mashg’ulotlar tizimi orqali
o’quvchilarni estetin madniyatini rivojlantirish va kasbga yo’naltirish samaradorligini
oshirish maqsadida ularning shaxs sifatlarini tashxis qilish metodikasini amalga
oshirish.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar bir tomondan, dars jarayonining uzviy davomi
bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quvchilarni estetik madaniyatini ivojlantirish va kasb
tanlashga yo’llash imkoniyatlarini kengaytiradi, keng yo’l ochib beradi.
An’anaviy metodikaga ko’ra sinfdan tashqari mashg’ulotlarga o’quvchilar
ixtiyoriylik asosida jalb qilinishi lozim. Lekin mashg’ulotlarni tashkil etishning ushbu
shakli bir qator ijobiy tomonlari bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Jumladan,
tajribalardan ma’lum bo’ladiki, o’quvchilarning sinfdan tashqari mashg’ulotlarga
nisbatan mas’uliyatsiz munosabatda bo’lishi, berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda
intizomsizlik, jamoga aloqador umumiy maqsadlarni hurmat qilmaslik kabi salbiy
holatlar mashg’ulotlarning samarasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mazkur salbiy omil ta’sirini kamaytirish va o’quvchilar extiyojlarini to’laroq
qondira oladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar shakllaridan foydalanish maqsadga
muvofikdir. Buning uchun dastlab o’quvchialarning qiziqish doirasini belgilab olish
hamda ularni estetik madaniyatini rivojlantiruvchi va kasbga yo’naltirish uchun xizmat
qiluvchi mashg’ulotlar shaklini to’g’ri tanlash kerak. Buning uchun maxsus so’rovnoma
va suhbatlar o’tkazish maqsadga muvofiqdir deb o’ylaymiz.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning o’z iqtidorini, mustaqil ijodiy
fikrlash qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Bu hol o’quv dasturida ko’zda tutilganidan ko’ra murakkabroq vazifalar qo’yishga va
ularni hal etishga asos bo’ladi. Ixtiyoriylik mezonining talab qiziqishlari bilan uyg’un
holatda qo’llanilishi o’quvchilar tashabbuskorligi yuqoriroq bo’lishini ta’minlaydi. Shu
tufayli sinfdan tashqari ish jarayonida o’quvchilarning ma’naviy-madaniy fazilatlarini
rivojlantirish va kasbga yo’llash ishlarining asosiy vazifalarini bajarish bo’yicha yaxshi
natijalarga erishiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlar kasbiy tarbiya asosidagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar
vazifalarini quyidagicha ifodalash imkonini beradi:
|