Page 103 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz yoʻnalishlari boʻyicha keyingi yillarda koʻplab yangi maʼlumotlar paydo boʻldiki, ularning
tahlillariga asoslanib Fargʻona vodiysidagi yirik shaharlarning bu transmintaqaviy aloqa yoʻli
yoʻnalishlarida tutgan oʻrni va ahamiyati hamda bu davr Fargʻona davlatchiligi rivoji haqida
muhim xulosalar chiqarish mumkin. Xitoy manbalarining maʼlumot berishicha, bu davrda
Davan davlatida 70 dan ortiq shaharlar mavjud boʻlib, ular Buyuk Ipak yoʻli yoʻnalishlarida
joylashgan edi, ular bilan mahalliy ahamiyatga molik yoʻllar orqali bogʻlangan edi. Bu
shaharlar Buyuk Ipak yoʻli shakllangan dastlabki davrlardan boshlab Fargʻona vodiysining
muhim iqtisodiy va madaniy markazlari, ayrimlari (Ershi, Shoʻrabashat) esa siyosiy-maʼmuriy
markazlar sifatida mintaqaning ichki va tashqi aloqalarida faol ishtirok etib kelgan. Buyuk
Ipak yoʻlining Fargʻona vodiysi shaharlari orqali oʻtgan asosiy yoʻnalishlari Asht dashtlari
orqali Xoʻjandga, Eski Chotqol togʻlaridagi Qamchiq va Rezak dovonlari orqali Choch vohasiga
olib kelgan. Bu yoʻllar Ohangaron va Chirchiq daryosi vodiylaridagi shaharlar va makonlar
orqali Sirdaryodagi muhim kechuvlar tomonga yoʻnalgan.2
Tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, mil.avv. III—II asrlarda Toshkent vohasida keyingi
davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar boʻlib oʻtadi va
bu jarayonda aloqa yoʻllarining ahamiyati ulkan boʻldi. Bu holat birinchi galda, vohaning
qudrati Qangʻ davlati shakllangan hudud sifatidagi oʻrni bilan hamda qadimgi shaharlarning
paydo boʻlishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼmuriy-siyosiy ahamiyati oshib borishi bilan
izohlanadi. Toshkent vohasidagi qadimgi shaharlarning Sirdaryoning oʻng qirgʻoq
hududlarida, Ohangaron va Chirchiqning quyi oqimlarida shakllanganligidan xulosa chiqargan
ayrim tadqiqotchilar vohada urbanizatsiya jarayonlari boshlanishida qoʻshni Sugʻdning taʼsiri
katta boʻlgan deb hisoblaydilar. Oʻz navbatida Oʻrta Osiyoning bu ikki tarixiy-madaniy
viloyatlari oʻrtasidagi qizgʻin iqtisodiy-madaniy munosabatlar xamda vohani Sugʻdiyona bilan
bogʻlovchi aloqa yoʻllari jadal faoliyat koʻrsatganligi taʼkidlanadi. Ustrushona va Toshkent
vohasidan Zomin va Jizzax orqali kelgan savdo yoʻli Sugʻdiyonaning poytaxti Afrosiyob
(Samarqand)ga olib kelgan. Bu shaharning oʻsha davr Oʻrta Osiyoning ichki va tashqi iqtisodiy
va madaniy aloqalarida muhim oʻrin tutgan yirik savdo yoʻllari chorraxasida joylashganligini
alohida taʼkidlash lozimdir. Afrosiyobdan Amudaryo kechuvlariga tomon ketuvchi yoʻllar bu
davrda Janubiy Soʻgʻd, hozirgi Qashqadaryo viloyati hududlari orqali oʻtgan. Kesh (Uzunqir),
Nikshapa (Yerqo‘rgʻon), Naxshab kabi yirik shaharlar vohaning ichki va tashqi iqtisodiy-
madaniy aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan.3
Sugʻdiyonadagi yoʻllar Buyuk Ipak yoʻli shakllanib, mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari
rivojlanib borishiga mos ravishda kengayib boradi. Samarqanddan quyi Qashqadaryo vohasi
orqali Amudaryoning oʻrta oqimidagi kechuvlarga olib chiquvchi yoʻllar Sugʻdiyonaning
mintaqaviy ahamiyatga ega karvon yoʻllari edi. Bu davr Zarafshon daryosining quyi qismiga,
Buxoro vohasiga chiquvchi yoʻllarda ham qizg‘in aloqalar davom etgan. Bu davr Xorazm
vohasidagi asosiy punktlar – shaharlar, qalʼalar, qoʻrgʻonlar Amudaryoning quyi oqimidan
daryoning har ikkala qirgʻogʻiga chiqilgan yirik kanallar boʻylab joylashgan edi. Surxon
vohasida (Shimoliy Baqtriya) mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar bilan bogʻlangan
Termiz shahri alohida ahamiyatga ega. Amudaryodan kechuv joyida joylashgan bu koʻhna
shahar mintaqaning markaziy hududlarini Shimoliy Afgʻoniston va Hindiston shaharlari bilan
bogʻlaydigan muhim xalqaro savdo-tranzit yoʻli ustida edi. Undan tashqari bu shahar
Amudaryo suv yoʻlidagi muhim punktlarga egaligi bilan ham boshqa shaharlardan ajralib