Page 105 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz boshlangan oʻzaro sulolaviy kurashlar markaziy davlat xokimiyatining zaiflashuviga, karvon
yoʻllari xavfsizligining toʻliq taʼminlanmaganligiga olib keldi. Natijada asrlar davomida Sharq
va Gʻarb dunyosini bogʻlab turgan Buyuk Ipak yoʻli inqirozga uchradi. Xulosa qilib, shuni
aytishimiz mumkinki, Mil. avv.1 ming yillikning oxiri milodiy I ming yillikning boshlariga kelib
Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho'zilgan ulkan geografik hudud madaniyati
yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan
davlatlar Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang' davlati, Parfiya davlati, Rim
saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar
markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo'lib “Buyuk ipak yo'li” deb nomlanuvchi bir yo’l bilan
bog'landilar. 7
Umumiy uzunligi 12 ming km bolib, Xitoydan O’rta Yer dengizining shimoliy qirg’oqlariga
qadar cho’zilgan bu yo’l orqali ko'pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar
o'rnatdilar. Podsholarning o’zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg’alar in'om
etishlari an‘anaga aylandi. Sharq bilan G’arb madaniyatining bir-biriga ta‘siri kuchaydi. O’sha
davrdagi ko’plab 21 madaniy o’xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.Buyuk ipak yo‘li
orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma‘naviy
qadriyatlari, diniy g‘oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi
boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo‘lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning
birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining
qattiqqo‘l harbiy navkarlari VII asrda islom ta‘limotini olib kelganlar. Savdogarlar va
targ‘ibotchilarning o‘tkazgan yo‘llari bo‘ylab mo‘g‘ullar sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha
Chingizxon sahroyi bosqinchilari quyundek o‘tgan. Buyuk Ipak yo‘lining qoq yuragi bo‘lgan
Samarqand shahridan o‘rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Amir Temur o‘z
yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yo‘llaridan asrlar bo‘yi
allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik
savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi – savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor
Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin,
rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim
Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo‘lda qayd etgan yozuvlari va
ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning
tarixini, ularning urf-odatlari va an‘analarini bilib oldik. Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan bu
beqiyos buyuk yo‘lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O‘zbekiston
shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo‘lib, ularning
me‘morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo‘lining ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etadi.8
Xulosa
Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish va qayta tiklashda O‘zbekiston rahbariyati ham alohida e’tibor
qaratmoqda. Chunonchi, respublikamiz hududlarida uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida
ko‘pgina tarixiy-madaniy obidalar o‘rganildi. Qadimgi yo‘llar va yo‘nalishlar aniqlandi, milliy-
ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rgandi. Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari
Xalqaro Instituti ochilgan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri Buyuk ipak yo‘li va uning
bo‘ylarida joylashgan shaharlarni o‘rganishdir.