Page 104 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz turadi. Ipak yoʻlining Buxoroga kelgan tarmogʻi ikkiga boʻlingan. Bu tarmoqning janubiy
yoʻnalishi Buxoro-Qarshi-Guzor-Kesh-Termiz orqali Hindistonga oʻtib ketgan.4
Nishopurdagi tarmoqlaridan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bagʻdod-Palmira yoʻnalishi
boʻylab Oʻrta Yer dengizi boʻyidagi Tir shahrigacha choʻzilgan. Umuman olganda Buyuk Ipak
yoʻlining janubiy tarmogʻi Oʻzgan orqali Oʻshga oʻtib, Quva-Margʻilon-Qoʻqon orqali Xoʻjand,
Samarqand, Buxoroga oʻtgan. Shimoliy yoʻnalishi esa Xazar xoqonligi va Bulgʻor davlati orqali
Kiyev Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana
boshlagan. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Ipak yoʻlining asosiy karvon yoʻllaridan tashqari
ichki savdo yoʻllari ham mavjud edi. Agar geografik xaritaga eʼtibor beradigan boʻlsak, Oʻrta
Osiyoni qadimgi sivilizatsiyalar oʻzaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini
kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shunday geografik joylashuv tufayli qadimgi Oʻrta Osiyoda
muhim etnik jarayonlar (hindevropa, hinderoniy, turklarning ko‘chishi, koʻchmanchilar
migratsiyasi) boʻlib oʻtishiga, madaniyatlarning oʻzaro taʼsir doirasi faollashuviga keng
imkoniyatlar yaratildi. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari boʻlib
oʻtdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq
Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardushtiylik, moniy,
islom) yoyilishida Oʻrta Osiyo xalqlari ulkan hissa qoʻshdilar.5
Buyuk Ipak yoʻli faqat karvon yoʻli boʻlibgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasida,
jumladan, oʻzbek xalqi davlatchiligi rivoji hamda boshqaruv tizimining takomillashuvida,
shaharlar va madaniyatlar taraqqiyoti tarixida oʻchmas iz qoldirgan jarayondir. Oʻrta Osiyo
hududlari orqali oʻtgan qadimgi savdo karvon yoʻllari oʻrta asrlar davrida ham ichki va tashqi
xalqaro iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ilk oʻrta
asrlarda soʻgʻdlar, rivojlangan oʻrta asrlarda Movarounnahr va xorazmliklar, soʻnggi oʻrta
asrlarda buxoroliklar va xivaliklar xalqaro aloqalarda katta oʻrin tutib, turli hududlar
xalqlarini oʻzaro bogʻlashda asosiy vositachi boʻlgan edilar. Milodning III asrning ikkinchi
yarmi - IV asrda Oʻrta Osiyoning oʻtroq dehqonchilik vohalariga koʻchmanchi xalqlar -
kidariylar, xioniylar va eftaliylar bostirib kiradilar. Buning natijasida koʻchmanchi va oʻtroq
xalqlar oʻrtasida qonli urushlar boshlanib etnik hududlar oʻzgaradi, eski sulolalar inqirozga
uchrab yangilari paydo boʻladi, madaniyatlar oʻzgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum paydo
boʻladi. Yuzaga kelgan vaziyat, geosiyosiy oʻzgarishlar Buyuk Ipak yoʻlidagi savdo
jarayonlariga, Gʻarb va Yaqin hamda Uzoq Sharq mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy va
diplomatik munosabatlarga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. Oʻz ahamiyatini yoʻqota
boshlagan yoʻllar oʻrniga mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bogʻliq holda xalqaro tranzit aloqa
yoʻllarining yangi tarmoqlari vujudga kela boshlaydi.6
Maʼlumki, XV asrning oxirlarida yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro
dengiz yoʻllarining ochilishi tufayli Yevropa va Osiyo davlatlarining koʻpchiligi hayotida,
xalqaro aloqalar va savdo yoʻllari tizimida keskin oʻzgarishlar roʻy bera boshladi. Undan
tashqari XV-XVI asrlarda Usmonli turklarning istilolari ham G‘arbiy Yevropa xalqlari bilan
Markaziy Osiyo oʻrtasida mavjud azaliy aloqa yoʻllari yoʻnalishlarining oʻzgarishiga olib keldi.
Natijada, ulkan hududlarni qamrab olgan Buyuk Ipak yoʻli XVI asrdan boshlab oʻz ahamiyatini
yoʻqota boshladi. Bu holat birinchi navbatda Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Gʻarbiy
Yevropadan Xitoy va Hindistonga olib boruvchi dengiz yoʻllarining ochilishi va ulardan izchil
foydalanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, bu davrda Oʻrta Osiyoda