tizinmalari faoliyatining asosiy me’zonlari qatoridan o’rin olmoqda.
Bu xususida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlar ta’limda tenglikni
amalga oshirish respublikamizdagi barcha bolalar uchun ta’lim olish kasbga
yo’naltirish va kasb hunarga o’rgatishni ko’zda tutadi.
O’zbekiston
Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim
muassasalari tomonidan alohida yordamga muhtoj bo’lgan
bolalarni har
tomonlama rivojlantirish, voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini
ximoya qilish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilgan
ishlar bilan birgalikda, maxsus ta’lim muassasalarini zamon talablari asosida
moddiy – texnik jihatdan yaxshilash, ta’lim vasiylik
va hokimlik organlari
faoliyatini takomillashtirish uyda yakka tartibda talim olayotgan nogiron bolalar
uchun yitarli shart – sharoitlar yaratish ijtimoiy himoya muhtoj bolalarni kasb-
hunarga yunaltirish ishlarini yanada takomillashtirish zarur.
Maxsus maktab, maktab internatidagi talim tarbiya jarayoni murakkab
jarayon xisoblanib muassasa faoliyatining barcha jabhalarida
olib boriluvchi Talim
tarbiyaviy va korreksion jarayonda erishilgan darajalarni o’rganish va tahlil qilish
hamda shu asosda faoliyatining aniq maqsadini belgilash va unga to’g’ri (munosib-
samarali) yo’lni tanlashni mujassamlaydi.