egallashda zarur bo’lgan o’lchash malaka va ko’nikmalarini amaliy egallaydilar:
o’lchash asboblari bo’lmish chichgich, ruletka, soat vah.kdan to’g’ri foydalanishni
o’rganadilar. Bu mavzu matematikaning boshqa bo’limlariga qaraganda ancha aniq
bo’lishiga qaramay, yordamchi maktab o’quvchilari uchun katta qiyinchilik
tug’diradi. Quyi sinf o’kuvchilarida ham, yuqori sinf o’kuvchilarida ham miqdorlar
va ularning o’lchov birliklari ustida real tasavvurlari yo’k. Mikdor o’lchov
birliklarini yaxshi bilmaslik va ularni farqlay olmaslik o’lchov
birliklari orasidagi
munosabatlarni aniqlashda katta qiyinchilik tug’diradi.Bu mavzu ustida arifmetik
amallar bajarishda o’quvchilar turli xatolarga yo’l qo’yadilar. Masalan, 10 m + 25
sm = 35 m yoki 35 sm. 20 sm - 5 mm - 15 sm yoki 15 mm. Bu shundan darak
beradiki, o’quvchilar bunday sonlarni ko’shish va ayirishda sonlarning ismiga
(narsa mazmunmga) e’tibor bermay, balki amallarning tashkil etuvchi sonlarning
tashqi belgilariga tayanadilar va ularga ma’lum bo’lgan
yechish usullarini
qo’llaydilar. Demak, o’lchashdan hosil bo’lgan sonlarni har doim o’lchovlarining
ismi bilan yozish kerak. Agar o’lchash bitta o’lchov birligida olib borilsa unda bitta
ismga ega bo’lgan sonlar hosil bo’ladi. (5 m, 35 sm, 15 mm va h.k.) Agar o’lchash
ikkita o’lchov birligida olib borilsa, unda ikkita ismga ega bo’lgan sonlar hosil
bo’ladi. (5 m 50 sm, 10 sm 5 mm). Bu xatolarning asosiy sababi har bir o’lchov
birliklarining katta-kichikligi ustida aniq tasavvurlarning yo’kligi hisoblanadi.
Ko’pchilik mualliflar o’quvchilarning uzunlik o’lchov birliklari xaqidagi
tassavurlarining yo’qligi yoki aniqmasligiga sabab, ular u yoki bu o’lchov
birliklarini hyech qachon ko’z bilan chamalab ko’rishga urinmasliklarida, bu
mavzuga bog’langan darslar deyarli har doim asboblar
yordamida faqat amaliy
ishlarni bajarish bilan kifoyalanishida deb biladilar.
Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim:
1) o’lchovlarni o’rganish o’quvchilarning o’zlarini faol amaliy faoliyatlari bilan
birga qo’shib olib borilishi kerak; 2) o’lchovlarni o’rganish ko’z bilan chamalash
va muskuliy sezgilari bilan birga borishi kerak; 3) har bir o’lchov
birliklarini
tushuntirishda (sm, dm, m, mm, km, kg, g, s, t), bu o’lchov birliklarining miqdorini
o’kuvchilar oldin ko’z bilan chamalashlari, keyin shu o’lchov birliklariga teng
bo’lgan kesmalarni doskada 2-3 kishi chizishi, so’ng chizilgan kesmalarni o’lchab,
qilingan xatolarga bolalarning diqqatini jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Miqdorlarni o’lchov birliklarini o’rganishda o’lchashga va o’lchash
natijalarning turli birliklarda ifodalashga oid mumkin kadar ko’proq amaliy ishlar
o’tkazish kerak. Masalan, qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash, daftar, kitob va
boshqa uncha katta bo’lmagan narsalarni o’lchab, o’lchash
natijalarni daftarga
yozish taklif qilinadi. Bunday ishlarni bajarishda bitta miqdorni turli o’lchov
birliklari bilan o’lchash ham foydali: masalan, oldin santimetrlar bilan keyin
desimetrlar bilan va h.k.
O’lchash natijalarini o’lchov birliklarining ismi bllap yozish kerak, modelni
o’lchashda hosil bo’lgan som tallangai o’lchov birliklariga bog’liq bo’ladi.
Masalan, bitta kesmaning uzunligip quyidagicha yozib olinishi mumkin: 1 dm, 10
gm, 100 mm.
Agar bunga o’quvchilarning diqqatini alohida jalb qilinmasa, ular ,
har xil
sonlar (masalan, 1 m, 10 dm, 100 sm, 1000 mm) har xil miqdorlarni xarakterlaydi,
deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: