25
Osiyo hududida Arktika havo massalari havo haroratini tog‗li qismda uning eng
«chekka» tog‗ sistemalari (tizimlari) «ushlaydi» va sovuq havo massalarining
tog‗li qismiga bostirib kirishiga yo‗l qo‗ymaydi. O‗rta Osiyoning orografik
tuzilish xususiyatlari uning tabiiy sharoitining shakllanishida quyidagi
qonuniyatlarni keltirib chiqaradi:
1) Umuman «chekka» tog‗ tizmalari qishda
barqaror temperatura inversiyasini hosil qiladi;
2) Janubga tomon tog‗
massivlariga yaqinlashib borgan sari o‗rtacha yillik yog‗in-sochin miqdori ortib
boradi;
3) Umuman, G‗arbdan Sharq tomon yo‗nalish bo‗ylab, ayniqsa, «Tog‗
tugunlarida» o‗rtacha yillik yog‗in-sochin miqdori ko‗payib boradi (3-chizmaga
qarang);
4) O‗rta Osiyo quruq subtropiklarining (Turkmaniston va Surxondaryo
vodiysidagi) shakllanishining asosiy sababi orografik omildir;
5) Yog‗in-sochin
miqdorining uncha katta bo‗lmagan hududda keskin (ko‗p va oz)
farqlanishining asosiy sababi ham orografik tuzilishidan kelib chiqadi (Sharqiy
va G‗arbiy Pomir, Sharqiy va G‗arbiy Issiqko‗l; G‗arbiy va Sharqiy Farg‗ona
botig‗i va boshq.);
6) Ko‗pgina mahalliy shamollarning («Afg‗on», «Xovast»,
«Qo‗qon», «Baom» va boshq.) shakllanishi ham bevosita orografik omil bilan
bog‗liq;
7) Farg‗ona tizmasining G‗arbiy yon-bag‗irda tarqalgan aralash o‗rmon
va keng bargli o‗rmonlarning tarqalishi ham orografik omil bilan bog‗liq;
8)
Hisor tizmasining eng chekka (Songardak daryosi) Janubi G‗arbiy yon-
bag‗irdagi aralash o‗rmonlarning tarqalishi ham orografik tuzilish oqibatidir;
9)
O‗rta Osiyo uchun noyob bo‗lgan tabiiy hodisa qora tuproqlarning (Farg‗ona
tizmasining G‗arbiy yon-bag‗ir) tarqalishi ham bevosita orografik omil bilan
belgilanadi.
Shunday qilib, O‗rta Osiyoning orografik tuzilishi uning iqlim
xususiyatining shakllanishida, ayniqsa ayrim meteorologik elementlarning
(namlik, issiqlik, shamol va boshqalar) tarqalishida muhim rol o‗ynaydi.
O‗lkaning orografik tuzilishi shu hudud tog‗li qismida o‗simlik, tuproq va
boshqa tabiiy komponentlarning joylanish qonuniyatlarini ham belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: