Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Zilzilalar 
O‗rta Osiyoda kuchli zilzilalar bo‗lib turadigan hududlardan biri 
hisoblangan Turkiston seysmo aktiv mintaqasida joylashgan. Bu hududda yangi 
tektonik harakatlar faol davom etayotganligi natijasida kuchli zilzilalar tez-tez 
bo‗lib turadi va ularning kuchi 8—10 ballga etadi. Zilzilalar manbai (markazi) 
er yuzasidan 8—40 km chuqurlikda joylashgan. 
K. Abdullabekovning (1992) ma‘lumotiga ko‗ra, qadimda O‗zbekistonning 
bir qancha shaharlarida talafotli zilzilalar bo‗lib o‗tgan: 838—839 yillarda 
Farg‗onada, 942, 1818, 1882 yillarda Buxoroda, 1208—1209 yillarda 
Urganchda, 1490 yilda Samarqandda, 1494 yilda Namanganda, 1797 yilda 
Urgutda va boshqalar. 


26 
XVI asrda Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‗zining «Boburnoma» 
kitobida Farg‗ona, Andijon, Toshkent va Samarqand kabi katta shaharlarda 
kuchli zilzilalar bo‗lganligini tasvirlaydi. 
Juda dahshatli zilzila (9—10 ball kuchga ega) 1902 yilda Andijonda bo‗lib 
o‗tgan va 50 ming axoli yashaydigan shahar butunlay vayron bo‗lgan, hatto 
temir yo‗l izlaridagi parovoz va vagonlarni uloqtirib tashlagan, izlar esa 
egilibbukilib joyidan qo‗zg‗alib ketgan, 4652 kishi halok bo‗lgan va 7000 ga 
yaqin qoramol o‗lgan. 
O‗zbekiston hududi turli geologik davrlarda hosil bo‗lgan va hozir ham 
harakat kilayotgan katta tektonik bloklar—shimolda Markaziy Qozog‗iston 
qalqoni va UralSibirh epigero‗in platformasining Turon plitasi, sharqda 
qadimgi kembriygacha hosil bo‗lgan Tarim platformasi, janubda esa qadimgi 
Hindiston platformasi oralig‗ida joylashgan. Shuning uchun respublika 
xududida qo‗shni mamlakatlar hududida bo‗layotgan zilzilalar natijasida hosil 
bo‗layotgan seysmik to‗lqinlar doimo aks etib turadi. Masalan, Afg‗oniston, 
Qirg‗iziston, Tojikiston va boshqa joylarda tez-tez bo‗layotgan zilzilalarning 
seysmik to‗lkinlari O‗zbekistonning barcha viloyatlarida seziladi va 
respublikamizda zilzilalar bo‗lib turishiga sabab bo‗ladi. Qo‗shni mamlakatlar 
hududida bo‗lgan zilzilalarning manbai kancha chuqur bo‗lsa, ular 
O‗zbekistonda shunchalnk kuchli seziladi. Kuchli yangi tektonnk harakatlar va 
ular bilan bevosita bog‗liq zilzilalar Tyanshan orogen oblastida, ya‘ni 
O‗zbekistonning tog‗li qismida bo‗lib o‗tmoqda. Olib borilgan tekshirish ishlari 
va keyingi yillarda bo‗lib o‗tgan zilzilalar shuni ko‗rsatdiki, bu hududda asosan 
kuchi 8 balli zilzilalar bo‗lib turadi. 
Tyanshan orogen oblasti va Turon plitasida bo‗layotgan er po‗stining 
harakatlari bir-biri bilan bog‗langanligi sababli hozirgi vaqtda zilzilalar 
mintaqasi O‗zbekistonning tog‗ oldi va tekislik qismlarini ham o‗z ichiga 
olmoqda. Natijada kuchli zilzilalar Tyanshan orogen oblasti bilan Turon plitasi 
orasidagi hududlarda ham bo‗lib o‗tmoqda, bu esa plitaning seysmik tomondan 
faollashishiga olib kelmoqda. Tyanshan orogen oblasti bilan Turon plitasi 
orasida joylashgan Toshkent shahrida 1966 yilning 26 aprelida, Nazarbekda 
1980 yilning 11 dekabrida kuchli zilzilalar bo‗lib o‗tdi. Toshkentda bo‗lib 
o‗tgan zilzilanyng manbai shahar ostida 8 km chuqurlikda joylashgan bo‗lib, 
kuchi 8 ballga etgan. Silkinishlar 26 apreldan keyin ham tez-tez qaytarilib turdi 
va 1966 yilning oxiriga kelib, silkinishlar soni 700 ga etgan. Bo‗lib o‗tgan 
silkinishlarni tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, Toshkent shaxrida 8 balli zilzilalar 
100 yilda bir marta, 7 balli zilzilalar 25 yilda bir marta, 6 balli zilzilalar esa har 
2 yilda bir marta qaytarilib turar ekan. 
Zilzilalar nomi 
Yillar 
Zilzilalar nomi 
Yillar 
1. Urganch
1240
13. Chotqol
1946
2. Urgut
1797
14. Sangzor
1957


27 
3. Buxoro
1818
75. Burchnulla
1959
4.Buxoro
1821
16. Qoshtepa
1965
5.O‗SH.
1883
77. ToShkent
1966
6. Andijan
1 902
18. Qizilqum
1968
7. Oim
1903
19. Gazli
1976
8. Qoratog‗
1907
2O. Botkent
1977
9. Namangon
1927
21. Tovoqsoi
1977
YU. Tomdadulaq
1932
22. Xaidarkon
1977
11. Boysun
1935
23. Nazarbek
1980 
12. Piskom
1937

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin