53
o‗tloq tuproqlar o‗zlashtirilib, madaniy sug‗oriladigan tuproqlarga aylangan.
Chunki kishilarning ming yillab tuproqni sug‗orib, har xil o‗g‗itlar solib, ishlov
berishi uning tabiiy xususiyatlarini o‗zgartirib yuborgan. Bunday tuproq
turlariga
voha-o‗tloq tuproqlari kiradi.
«Voha» tuproqlari ko‗p asrlik sug‗orish,
har xil o‗g‗itlar solish natijasida kuchli o‗zgarib ketgan. Masalan,
Zarafshon
daryosining o‗rta qismidagi sug‗oriladigan maydonlarga daryo suvi har yili 1
mm qalinlikda yotqiziqlar olib keladi. Natijada ikki ming yildan buyon
sug‗oriladigan dalalarga keltirilgan yotqiziqlarning qalinligi 2 metrga yetadi.
Shunday qilib, voha tuproqlarida yangi agroirrigatsion gorizontlar paydo
bo‗lgan. Bu agroirrigatsion gorizontlarning qalinligi, sug‗oriladigan yerlarning
sug‗orish «yoshiga» qarab har xil bo‗ladi, ya‘ni bir necha 10 sm dan 2-2,5 metr
gacha yetadi. Shunday qilib sug‗oriladigan tuproqlar inson xo‗jalik
faoliyati
orqali kuchli o‗zgarib ketgan.
Bo‗z tuproq. O‗rta Osiyoning tog‗ va tog‗ oldi tekisliklarida asosan bo‗z
tuproqlar tarqalgan. Bu tuproq tipi tog‗ etaklari bo‗ylab cho‗zilib ketgan lyossli
tekisliklarda juda yaxshi rivojlangan bo‗lib, tog‗li o‗lkalarning tuproqlaridan
hisoblanadi va tog‗ yon-bag‗irlaridagi eng quyi tuproq mintaqasini tashkil etadi.
Bu mintaqada pastdan yuqoriga tomon iqlim sharoitning o‗zgarishiga ko‗ra eng
past yerlarda
och tusli bo‗z tuproq,
undan balandlikda tipik bo‗z tuproq,
yuqori chegarasida esa
to‗q tusli bo‗z tuproqlar tarqalgan. Umuman bo‗z
tuproqlar 300-500 metrdan 1200-1400 metrgacha balandliklarda uchraydi, ular
karbonatli tuproq bo‗lib, uning hamma qatlamida ozmi-ko‗pmi karbonat
uchraydi, lekin eng ko‗pi 100-140 sm chuqurlik orasida bo‗ladi. Bu hol tuproq
unumdorligini oshiradi. Bo‗z tuproqlarda chirindi
tuproqning ustki qatlamida
to‗planadi va bu qatlamning qalinligi 15-18 sm ga boradi. Gurunt suvi chuqurda
yotganligi uchun tipik va to‗q tusli bu tuproqlar deyarli sho‗rlanmagan bo‗ladi.
Och tusli bo‗z tuproqlar gurunt suvi yuzaga yaqin bo‗lgan yerlarda darhol
sho‗rlanib, sho‗rxoksimon bo‗z tuproqlarga, ba‘zan esa sho‗rxoklarga aylanadi.
Bo‗z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: