Tayanch iboralar:Tekislik, tog‗ oldi tuproqlari, adir, tog‗, bo‗z, sur-
qo‗ng‗ir, cho‗l tuproqlari. resurslari va ularni muxofaza qilish O‗rta Osiyo tuproqlari O‗rta Osiyoning geografik o‗rni, geologik yoshi, relefi va iqlim
xususiyatlariga bog‗liq holda tuproqlarning tarqalishi kuzatiladi. O‗rta Osiyo
tog‗li qismining geologik tuzilishida karbonatli tog‗ jinslarining keng tarqalishi
va tog‗ oldi tekislik rayonlari lyoss va lyossimon tog‗ jinslaridan tuzilganligi,
shu hudud tuproq qoplamining tarkibida karbonatlarning va har xil tez eruvchi
tuzlarning to‗planishiga olib kelgan. O‗rta Osiyo tuproq qoplamiga ayniqsa,
daryo vodiylaridagi voha tuproqlariga inson xo‗jalik faoliyatining ta‘sirini
alohida ta‘kidlash kerak. O‗rta Osiyo hududida tuproqlarning tarqalishi zonallik
qonuniyatiga bo‗ysinadi. Tekislik qismida tuproqlarning joylanishi kenglik,
tog‗li qismida esa vertikal zonallik qonuniyati bo‗yicha tarqalgan. O‗rta
Osiyoning tekislik qismi uchun quyidagi tuproq tiplari xosdir;
Sur-qo‗ng‗ir tusli tuproqlar – Ustyurt platosi, Markaziy Qizilqumdagi
qoldiq tog‗larning tog‗ oldi tekisliklarida, Nurota cho‗li, Malik cho‗l, Qarshi
cho‗llarida hamda Qarnab cho‗lining g‗arbiy qismida tarqalib, asosan bo‗r,
paleogen, neogen davrlarining qumtosh, gil, margel, ohaktosh va qadimiy
prolyuvial, elyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu tuproqlar platolarning
tipik tuproqlaridir, ular tarkibida shag‗al-toshlar ko‗p. Tuproq hosil qiluvchi
ona jinsi uncha qalin emas (1-2m), tuproq tagida shag‗al qatlamlar joylashgan.
Cho‗lda iqlimning ancha quruq va ancha issiq bo‗lishi hamda o‗simliklarning
kam va siyrak bo‗lishi tufayli tuproqdagi biologik jarayonlar sust kechadi,
shuning uchun ham sur tusli qo‗ng‗ir tuproqlarda chirindi oz, tuproqlarning
yuza qatlamida 0,2-0,3% ni tashkil etadi. Umuman, chirindi qatlamining
qalinligi 20-25 sm, tuproqda azot kam, ammo fosfor ko‗p, karbonat 5-7% gacha
boradi. U bu tipdagi tuproqning qo‗ng‗ir rangli strukturalari gorizontida (V)
ko‗p to‗planadi. Uning ostida esa gips ko‗p to‗plangan gorizont (S) joylashgan.
Bu tuproqlar odatda 20-30 sm chuqurlikdan boshlab sulfat va xlorid tuzlari
bilan sho‗rlangan. Sho‗rlanish darajasi esa ustki qatlamda kuchsiz bo‗lsa ham
pastki tomon kuchaya boradi.