Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

 
Tayanch iboralar: Tekislik, tog‗ oldi tuproqlari, adir, tog‗, bo‗z, sur-
qo‗ng‗ir, cho‗l tuproqlari. resurslari va ularni muxofaza qilish 
O‗rta Osiyo tuproqlari 
 
O‗rta Osiyoning geografik o‗rni, geologik yoshi, relefi va iqlim 
xususiyatlariga bog‗liq holda tuproqlarning tarqalishi kuzatiladi. O‗rta Osiyo 
tog‗li qismining geologik tuzilishida karbonatli tog‗ jinslarining keng tarqalishi 
va tog‗ oldi tekislik rayonlari lyoss va lyossimon tog‗ jinslaridan tuzilganligi, 
shu hudud tuproq qoplamining tarkibida karbonatlarning va har xil tez eruvchi 
tuzlarning to‗planishiga olib kelgan. O‗rta Osiyo tuproq qoplamiga ayniqsa, 
daryo vodiylaridagi voha tuproqlariga inson xo‗jalik faoliyatining ta‘sirini 
alohida ta‘kidlash kerak. O‗rta Osiyo hududida tuproqlarning tarqalishi zonallik 
qonuniyatiga bo‗ysinadi. Tekislik qismida tuproqlarning joylanishi kenglik
tog‗li qismida esa vertikal zonallik qonuniyati bo‗yicha tarqalgan. O‗rta 
Osiyoning tekislik qismi uchun quyidagi tuproq tiplari xosdir; 
Sur-qo‗ng‗ir tusli tuproqlar – Ustyurt platosi, Markaziy Qizilqumdagi 
qoldiq tog‗larning tog‗ oldi tekisliklarida, Nurota cho‗li, Malik cho‗l, Qarshi 
cho‗llarida hamda Qarnab cho‗lining g‗arbiy qismida tarqalib, asosan bo‗r, 
paleogen, neogen davrlarining qumtosh, gil, margel, ohaktosh va qadimiy 
prolyuvial, elyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu tuproqlar platolarning 
tipik tuproqlaridir, ular tarkibida shag‗al-toshlar ko‗p. Tuproq hosil qiluvchi 
ona jinsi uncha qalin emas (1-2m), tuproq tagida shag‗al qatlamlar joylashgan. 
Cho‗lda iqlimning ancha quruq va ancha issiq bo‗lishi hamda o‗simliklarning 
kam va siyrak bo‗lishi tufayli tuproqdagi biologik jarayonlar sust kechadi, 
shuning uchun ham sur tusli qo‗ng‗ir tuproqlarda chirindi oz, tuproqlarning 
yuza qatlamida 0,2-0,3% ni tashkil etadi. Umuman, chirindi qatlamining 
qalinligi 20-25 sm, tuproqda azot kam, ammo fosfor ko‗p, karbonat 5-7% gacha 
boradi. U bu tipdagi tuproqning qo‗ng‗ir rangli strukturalari gorizontida (V) 
ko‗p to‗planadi. Uning ostida esa gips ko‗p to‗plangan gorizont (S) joylashgan. 
Bu tuproqlar odatda 20-30 sm chuqurlikdan boshlab sulfat va xlorid tuzlari 
bilan sho‗rlangan. Sho‗rlanish darajasi esa ustki qatlamda kuchsiz bo‗lsa ham 
pastki tomon kuchaya boradi. 


51 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin