Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


O‗rta Osiyo tog‗lari balandlik mintaqalari o‗simliklari



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

O‗rta Osiyo tog‗lari balandlik mintaqalari o‗simliklari. Dengiz sathidan 
yuqoriga ko‗tarilgan sari iqlimning o‗zgarishi tog‗larda o‗simliklarni balandlik 
bo‗yicha mintaqalanishiga olib keladi, chunki iqlim o‗simliklarning 
tarqalishiga, joylashishiga va hayot jarayonlariga ta‘sir etadi. Ko‗pgina olimlar 
(Ye.P.Korovin, M.P.Popov, O.Ye.Agaxanyans, Q.Z.Zokirov va boshqalar) 
tomonidan O‗rta Osiyo o‗simliklarining tarqalishi va joylashishiga doir 
klassifikatsiyalar taklif etilgan. Bular asosida o‗simliklarning mintaqalar 
bo‗yicha taqsimlanish qonuniyati yotadi. Yuqoridagi olimlar tomonidan taklif 
etilgan tasniflar ichida akademik Q.Z.Zokirov tizimi o‗zining qulayligi va 
oddiyligi bilan boshqalardan farq qiladi. Q.Z.Zokirov taklif etgan tasnifga 
muvofiq, O‗rta Osiyo o‗simliklarini to‗rtta mintaqa - cho‗l, adir, tog‗, 


58 
yaylovga bo‗lib o‗rganish mumkin deb hisoblaydi. Biz yuqorida cho‗l 
o‗simliklari bilan tanishdik. Endi tog‗ o‗simliklarini adir, tog‗, yaylov kabi 
balandlik mintaqalari bo‗yicha ko‗rib chiqamiz. 
2-rasm. Ulus adirlaridagi qo‗ziquloq maydonlari. 
 
Adir balandlik mintaqasi dengiz sathidan 600-700 m ba‘zi joylarda esa 
1200-1600 m bo‗lgan tog‗ oldi tekisliklarini o‗z ichiga oladi. Relefning 
balandlashuvi tufayli yog‗in miqdori ortadi. Yozgi harorat esa cho‗lga nisbatan 
pastroq bo‗lib, tipik va to‗q tusli bo‗z tuproqlar keng tarqalgan. Bular o‗z 
navbatida adirda har xil o‗tlarni qalin va baland bo‗lib o‗sishiga sababchi 
bo‗ladi. Adir mintaqasida cho‗lga nisbatan o‗simlik turlari ko‗p bo‗lib, qalin 
o‗sadi. 1 km.kv maydonda 15-20 turga mansub bo‗lgan 30 ming alohida tur 
uchraydi. Adir o‗simliklarining asosini efemer va eferoidlar, ko‗p yillik har xil 
o‗tlar, butalar tashkil etadi. Adirda efemer va efemeroid o‗simliklardan rang, 
qo‗ng‗irbosh, yaltirbosh, no‗xotak, lola, oqquray, sasir kabilar o‗sib, iyul 
oyigacha vegetatsiyasini davom ettiradi. Bulardan tashqari yana shuvoq, 
yovvoyi bug‗doy (ismaloq), taktak (yovvoyi arpa), jasmin, qo‗ziquloq, karrak, 
qiltiq, shirach kabi o‗simliklar o‗sadi. 
Tog‗ mintaqasi dengiz sathidan 1200-1700 m dan 2000-3800 metrgacha 
bo‗lgan balandliklarni ishg‗ol etadi. Tog‗ mintaqasi asosan tog‗ dashtlari, tog‗ 
o‗rmonlari, keng bargli tog‗ o‗rmonlari, igna bargli tog‗ o‗rmonlar kabi tiplarga 
bo‗linadi. Tog‗-balandlik mintaqasida joyning umumiy tabiiy sharoitiga bog‗liq 
holda o‗simliklarning bir necha turlari mavjud. Tog‗larning nisbatan nam 
shimoliy va shimoli-g‗arbiy yon-bag‗irlarida mezofit, aksincha, janubiy 
nisbatan quruq yon- bag‗irlarida kserofit o‗simliklar uchrasa, zaxkash 
botiqlarda, yog‗in ko‗proq tushadigan tog‗ yon-bag‗irlarida bargli o‗rmonlar va 


59 
har xil butalar o‗sadi. Tog‗-balandlik mintaqasining quyi qismida ko‗proq 
o‗tloq o‗simliklar, xususan, bug‗doyiq, kovrak, shirach-efemurs, oqsuqta, 
ko‗kcho‗p (isfarak), gulxayri, lolalar, anzur, arslonqo‗yruq, binafsha, ismaloq, 
chatir va boshqa o‗simliklar o‗sadi. Tog‗-balandlik mintaqasida daraxtlardan 
archazorlar katta maydonda tarqalgan. Archazorlar asosan 3000 metr 
balandlikkacha bo‗lgan joylarda ko‗proq uchraydi. Oloy-Turkiston va 
Zarafshon-Hisor tizmalarida uch turi – Zarafshon (o‗rik) archasi, yarim shar 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin