Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


simon (saur archasi) va Turkiston (qoraarcha) archasi o‗sadi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

simon (saur archasi) va Turkiston (qoraarcha) archasi o‗sadi. Zarafshon 
archasi ko‗proq 1200-2200 m balandliklarda, Turkiston archasi 1800-2700 metr 
gacha balandlikda o‗sadi. Archazorlar ko‗proq nisbatan qurg‗oqchil va toshloq 
yerlarda uchraydi va asta-sekin o‗sib, bo‗yi 20 metrgacha yetib ming yildan 
ortiq yashaydi. Archazorlar tagida esa har xil o‗tlar va butalar uchraydi. Ular 
O‗rta Osiyoning namgarchilik ko‗p bo‗lgan tog‗larida, jumladan, Farg‗ona 
tizmasining g‗arbiy yonbag‗rida, qoramtir tuproqlar ustida o‗sadi. Bargli 
o‗rmonlar ichida eng ko‗p tarqalgan paleogen davridan qolgan relikt (noyob) 
o‗simliklar-yong‗oqlardir. Yong‗oqlar bilan birga zarang, yovvoyi olma, 
bodom, o‗rik, tog‗olcha, do‗lana, Turkiston qayini tog‗larda (ayniqsa Bobotog‗, 
Boysun, Badxiz tog‗larida) pistazorlar, Hisor va Artek tog‗larida esa, yovvoyi 
anor kabilar o‗sadi. Tog‗ balandlik mintaqasida uchqat, na‘matak, irg‗iy, zirk, 
maymunjon, yovvoyi uzum, qatran va boshqalar, anjir kabi quruq subtropik 
o‗simliklar tarqalgan. Tog‗ balandlik mintaqasida tog‗ piyozi, anzur piyoz, zira, 
ravoch, taran, tuyayaproq, kiyik o‗ti, tog‗saqichi (tarkibida kauchik moddasi 
bor) kabi dorivor o‗simliklar ham uchraydi. 
Yaylov (baland tog‗) mintaqasi 2700-2800 m balandliklardan boshlanadi 
va abadiy qorliklar zonasigacha davom etadi. U ikki kichik mintaqa; quyi 
yaylov (subalp) va yuqori yaylov (alp) ga bo‗linadi. Subalp o‗tloqlari 
o‗simliklari tog‗ mintaqasi o‗tloqlaridan bo‗yi birmuncha pastligi bilan 
farqlanadi. Subalp o‗tloqlari nisbatan tuproq yaxshi rivojlangan, namgarchilik 
joylarda vujudga kelib, qo‗ng‗irbosh, mushukquyruq, yovvoyi arpa, yovvoyi 
suli, oq momiq, taran, pushti, biroz qurg‗oqchil joylarda chayir betaga, tikanli 
astragal butasi o‗sadi. Yaylov balandlik mintaqasining yuqori qismida (3 500 
yuqorida) alp o‗tloqlari uchraydi. Alp o‗tloqlari subalp o‗tloqlaridan past bo‗lib, 
yer bag‗irlab o‗sishi bilan farqlanadi. Namgarchilik bo‗lgan yerlarda 
to‗ng‗izsirt (kobreziya) o‗tining bir necha turlari, binafsha, qoqio‗t, yulduz o‗t, 
sariqayiqtovon, yovvoyi ko‗knori kabilar o‗sadi. Qurg‗ochil toshloq yerlarda 
qaziltikan, toshyorar, astragal o‗simliklari uchraydi. Alp o‗tloqlari yuqori 
qismida doimiy qor va muz (nival) zonaga borib tutashadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin