71
voyaga yetib, so‗ngra ko‗paya (urchiy) boshlaydi. Bahorda urg‗ochi toshbaqa qazib
qo‗ygan chuqurchasiga har gal 3-5 donadan 2-3 marta tuxum qo‗yadi. Oq,
qattiq
po‗stli tuxumdan 70-80 kun deganda yosh toshbaqachalar yorib chiqadi va yer
yuzasiga kelgusi yili (bir yildan so‗ng) bahorda chiqadi. Toshbaqaning go‗shti va
tuxumini iste‘mol qilish mumkin. Adir mintaqasi uchun xos bo‗lgan qushlardan biri –
Burgutdir. U yirik va eng kuchli yirtqich qushlardan hisoblanib, qanotini yoyganda 2
m ga yetadi. Oyoqlari panjalarigacha patli bo‗lishi
bilan boshqa qushlardan
farqlanadi. Tanasi bir xil jigar rang tusda bo‗ladi. Burgut ancha yirik o‗ljani – quyon,
tulki, jayron, qo‗y, echkilarni
ov qilishi mumkin. Hozir bu noyob qush «Qizil
kitob»ga kirgan.
Dostları ilə paylaş: