Tog‘ balandlik mintaqasida, yoz salqin, namroq, qish sovuq, o‗simliklar,
ayniqsa, daraxtlar ko‗p bo‗lgani uchun o‗ziga xos hayvonlar yashaydi. Shuni aytish
kerakki, bu mintaqaning tabiiy sharoiti, ayniqsa, relefi murakkab bo‗lganligi uchun
sudralib yuruvchilar kam uchraydi. Faqat onda-sonda Oloy tog‗ iloni, Himolay va
Turkiston agamasi uchraydi. Tog‗ mintaqasida o‗rmon sichqoni, Turkiston
kalamushi, oq sichqon, oq suvsar, tog‗ suvsari, qunduz, o‗rmon olmaxoni,
ko‗rshapalak; yirik sut emizuvchilardan qo‗ng‗ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, monul
qoplon, yovvoyi qo‗y – alqar, burmali tog‗ echkisi, to‗ng‗iz, bo‗ri bo‗rsiq, quyon va
boshqalar uchraydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‗a, qumri, kaklik, zarg‗aldoq,
boltatumshuq, bulbul, tog‗ chumchug‗i kabilar yashaydi. Subalp va Alp mintaqasi,
ya‘ni yaylov balandlik mintaqasi o‗ziga xos murakkab tabiiy-geografik sharoitiga
ega. Yozi qisqa, salqin, qish sovuq va davomli, o‗simliklar qoplami siyrak va
daraxtlari yo‗q. Nival doimiy qor va muz mintaqasiga tutash. Bu mintaqaning tipik
kemiruvchisi qizil sug‗urdir. Ular 2000-4500 m balandlikda to‗p-to‗p bo‗lib yashaydi
va o‗z hayotining ko‗p qismini uyquda o‗tkazadi. Umuman olganda bu mintaqada
hayvon turlari ko‗p emas.
O‗rta Osiyoning daryo vodiylari va deltalarida shu sharotiga moslashgan
hayvonlar yashaydi. To‗qayzorlarda o‗ziga xos hayvonlar, eng harakterlisi –
tustovuqdir. Shuni aytish kerakki, keyingi vaqtlarda to‗qayzorlar maydoni keskin
kamayib bormoqda. O‗rta Osiyoning suv hayvonlarida (suv omborlari, kanallarda)
baliqlarning 70 dan ortiq turi yashaydi.
Aqliy hujum:
1. O‗rta Osiyoning relef, iqlim, tuproq va o‗simlik haritalarini bir-biriga taqqoslab, nima uchun
uning hududida tuproq turlari bir xil emasligini tushuntirib bering.
2. Nima sababdan sur-qo‗ng‗ir tusli tuproqlarda chirindi kam?
3. O‗rta Osiyo tuproq haritasidan taqirli tuproq, taqir va sho‗rxok tuproqlar tarqalgan erlarini
topib, qanday sharoitda takir va sho‗rxoklar vujudga kelishligini tushuntirib bering.
4. Nima uchun O‗rta Osiyo hududida o‗simliklar notekis taqsimlangan?
5. Cho‗l o‗simlik mintaqasiga kiradigan hududlarni O‗rta Osiyo tabiiy haritasidan topib,
o‗simliklar tabiiy sharoitga qanday moslashganligini tushuntirib bering.
6. To‗kay o‗simliklariga nimalar kiradi va ularning o‗ziga xos tomonlarini gapirib bering.
7. Adir mintaqasida o‗simlik qoplami nima sabablarga ko‗ra zich o‗sib, turlari ko‗p?
8. O‗rta Osiyo hududida tarkib topgan va boshqa o‗lkalardan kirib kelgan eng muhim hayvon
turlari haqida gapirib bering.
9. O‗rta Osiyoning cho‗l mintaqasi hayvonlari sharoitga kanday moslashgan?
|