56
necha o‗simlik zonalari mavjud. Odatda
ular tekislik qismi zonalariga, tog‗li
qism mintaqalarga bo‗lingan.
Tekislik qismining o‗simliklari. Cho‗l (sahro) o‗simliklari. Cho‗l
o‗simliklari dunyosi xilma-xil sharoitlariga va o‗ziga xos xususiyatlariga ega.
Cho‗l o‗simliklarining hayoti, asosan, iqlim sharoitiga, xususan, namlik (suv)
bilan ta‘minlanish darajasiga bog‗liq. Cho‗l zonasi o‗simlik o‗sishi
uchun
qanchalik noqulay bo‗lmasin, u yerda o‗sadigan o‗simlik turlari xilma-xil guruh
vakillaridan tashkil topgan. Bular asosan,
kserofitlar, efemerlar va
mezokserofitlar kabi ekologik gruppalardir.
O‗rta Osiyo cho‗llarida bir yillik o‗simliklarning 150 ga yaqin turi bo‗lib,
ular
efemerlar gruppasini tashkil etadi. Bu gruppa o‗simliklari jazirama issiqlar
boshlanguncha o‗z hayot jarayonlarini to‗liq o‗tib tugalaydi (lolaqizg‗aldoq,
chitir, qorabosh va boshqalar).
Efemeroid o‗simliklar guruhiga yozgi jazirama
issiqlar boshlanguncha vegetatsiyasini davom ettiruvchi ko‗p yillik o‗simliklar
kiradi. Iloq, lola, boychechak, qo‗ng‗irbosh misol bo‗la oladi.
Mezokserofit
o‗simliklar
gruppasiga
yozgi
jazirama
issiqlar
boshlanganda o‗z
hayotini anabioz holda, ya‘ni majburiy tinim holatida
o‗tkazishga moslashgan o‗simliklar kiradi. O‗rta
Osiyoning shimoliy
qismlarida, ayniqsa, Ustyurt platosida va kuchli yemirilgan tog‗ etagidagi
tekisliklarida asosan shuvoqli-burganli cho‗llar keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: