Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Och tusli bo‗z tuproq, O‗rta Osiyoning chekka tog‗ tizmalarining tog‗ 
oldi tekisliklarida 300-500 metr bo‗lgan balandliklarda uchraydi. Tuproq 
qatlami ko‗pincha lyossimon qumoqlardan tarkib topgan, chimli ustki qatlami 
och bo‗z tusda bo‗lib, chirindi miqdori 10-15 sm chuqurgacha, 1-1,5% gacha 
bo‗ladi, keyin juda kamaygan holda 30-40 sm gacha boradi. Och tusli bo‗z 
tuproqlar orasida turli darajada sho‗rlangan tuproq turlari ham uchraydi. 
Tipik bo‗z tuproqlar tog‗ chala cho‗l mintaqalarida 500-600 metrdan 800-
900 metrgacha mutlaq balandlikda uchraydi. Bu tuproq asosan tog‗ yon-
bag‗irga yaqin bo‗lgan tog‗ oldi tekisliklarini ishg‗ol qilib, och tusli tuproqqa 
nisbatan chirindi ko‗proq 1,5%-2,5% bo‗lib, quyi qatlamda chirindi kam 
bo‗lsada 60-80 sm chuqurlikkacha tarqalgan bo‗ladi, tuzli va gipsli qatlam 
ancha chuqurda yotadi. 


54 
To‗q tusli bo‗z tuproqlar tog‗ yonbag‗irlarining pastki qismida 500-600 
m dan 1200-1400 metrgacha bo‗lgan mutlaq balandliklarda uchraydi. To‗q tusli 
bo‗z tuproqlarning tarqalishi ko‗pincha tog‗ tizmalarining orografik tuzilishiga 
ham bog‗liq. Tog‗ tizmalari yon- bag‗irlarning chekka yoki tashqari qismida 
to‗q tusli bo‗z tuproqlarning tarqalishi 1400 m balandlikkacha ko‗tariladi, tog‗ 
massivlarining ichki qismlarida esa ularning tarqalishi 1200 metrgacha pastga 
tushadi. To‗q tusli bo‗z tuproqning yuqori qatlamida chirindi ko‗proq (3-4%) 
bo‗lganidan ancha to‗q tusdadir va chirindi tarqalgan qatlam 80-120 sm ga 
qadar boradi. O‗rta Osiyoning ko‗pgina tog‗ oldi tekisliklarida tipik bo‗z 
tuproqlar o‗zlashtirib lalmi va sug‗orishda foydalaniladi, ular ko‗proq tog‗ yon-
bag‗irlari uchun xos bo‗lib, yuqori balandliklarda joylashgani uchun to‗q tusli 
bo‗z tuproqlar asosan lalmikor ekinlar ekishda foydalaniladi. Tog‗ quruq dasht 
mintaqasida, ya‘ni, o‗rtacha balandlikdagi tog‗larda jigar rang va qo‗ng‗ir tog‗ - 
o‗rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqa 1000-1200 metrdan boshlanib 
2000-2200 metrgacha, Hisor va Pomir tog‗larida esa 3000-3500 metr mutlaq 
balandliklarda tarqalgan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin