www.ziyouz.com kutubxonasi
14
«Dajjolning chap ko‘zi ko‘r. Sochi qalin, bir-biriga buralib-yopishib ketgan. Uning
jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi jannat, jannati esa do‘zaxdir» (Muslim rivoyati). 37. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Dajjol haqida hali hech bir nabiy qavmiga aytmagan hadisni sizlarga
aytayinmi?! U bir ko‘zli bo‘ladi. Jannat va do‘zaxning misli bilan keladi. Uning «jannat»
degani do‘zax bo‘ladi. Men sizlarni xuddi Nuh o‘z qavmini undan ogohlantirganidek
ogohlantiryapman» (Muttafaqun alayh). Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Men sizlarga Dajjol haqida gapirdim. Hatto, aql yurgizmay qo‘yasizlarmi, deb
qo‘rqdim. Masih Dajjol qisqa, maymoq (qiyshiq oyoq), jingalak sochli, bir ko‘zli. Uning
bir ko‘zi yumuq (qoplangan). (Lekin bu yumuq ko‘zi) turtib ham chiqmagan, yashirin
ham emas. Agar (Dajjolni yana) aniq ajratolmay qolsangiz, bilinglarki, Parvar-digoringiz
bir ko‘zli emas!» (Abu Dovud rivoyati). 38. Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
aytdilar: «Dajjol mashriq yerlaridan chiqadi. U yerni Xuroson deyishadi. Dajjolga yuzlari
xuddi qalqon, bolg‘adek bo‘lgan qavmlar ergashadi» (Termiziy rivoyati. Hasan g‘arib). 39. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Dajjolga Isbahon (Isfahon) yahudiylarining yetmish mingtasi ergashadi. Ular
ustida taylason (rido) bo‘ladi» (Muslim rivoyati). 40. Mujamma’ ibn Jofiyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Dajjolni Ibn Maryam Lud (Shom yoki Falastindagi joy nomi)
darvozasi oldida o‘ldiradi» (Termiziy rivoyati. Sahih). 41. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Madinaga kirish yo‘llarida farishtalar turadi. U yerga Dajjol ham, o‘lat ham
kirmaydi» (Buxoriy rivoyati). 42. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Dajjol Madina (yoni)ga kelib, u yerni qo‘riqlab turgan farishtalarni ko‘radi.
Inshaalloh, Madinaga Dajjol ham, vabo ham yaqinlashmaydi» (Buxoriy rivoyati). 43. Ansoriy sahobalarning biridan rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Sizlarni Masihdan ogohlantiraman. U yer yuzida qirq tong (kun)
turadi. Saltanati barcha buloq bo‘yiga yetadi. Faqat to‘rtta masjidga kelmaydi
(kirmaydi): Ka’ba, Payg‘ambar masjidi, Masjidul Aqso va Tur (masjidi)».
Ibn Hajar: «Bu hadisni Ahmad rivoyat etgan, roviylari ishonchli kishilardir», deb
aytgan («Fathul Boriy»dan).
Abu Nuaym siqot (ishonchli) tobe’inlardan biri Hasson ibn Atiyya tarjimai holida sahih
sanad bilan rivoyat qiladi: «Dajjol fitnasidan faqat o‘n ikki ming erkak va yetti ming
ayolgina omon qoladi (xolos)».