Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
 
IKKINCHI BOB 
Qiyomatning ulkan shartlari 
 
Qiyomat oldidan uning yaqinlashayotganini bildiruvchi alomatlar ko‘rinadi. 
Kichik alomatlar Qiyomatning juda yaqinligini bildirmaydi. Ulardan keyin ham hayot 
ming-ikki ming yil davom etishi mumkin. Insoniyat boshidan kechirgan umriga nisbatan, 
albatta, bu yillar hech narsa emas. Avvalgi bobda Qiyomatning kichik shartlari va 
ularning avvaliyu oxiri haqida gapirgan edik. 
Hozir Qiyomatning katta shartlari kutilmoqda. Ularning biri ko‘rinishi bilanoq xuddi 
shodasi uzilgan marjonlardek, bosh-qalari ham ketma-ket voqega chiqadi. So‘ng 
Qiyomat boshlanadi. 
Bu oy-kuni to‘lgan ayolning qachon to‘lg‘oq tutishini bilmay, kutib yurganiga 
o‘xshaydi. 
Qiyomatning ulkan alomatlari: 
• Mahdiyning chiqishi. 
• Masihi Dajjol. 
• Iso alayhissalomning tushishlari va Dajjolning o‘ldirilishi. 
• Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi. 
• Iso alayhissalom vafotlaridan so‘ng esadigan va mo‘minlar jonini oladigan shamol. 
• Dobbatul arz va quyoshning g‘arbdan bosh ko‘tarishi. 
• Insonlarni mahshargoh sari haydaydigan olov. 
Mazkur alomatlarning qay biri avval-keyin bo‘lishi haqida olimlar turlicha fikr 
bildirganlar. 
Bu bobda Qiyomat shartlari zikr qilingan hadislarning iloji boricha sahih va hasanlari 
keltiriladi, inshaalloh. Alloh madadkor! 
 
 
 
Birinchi fasl 
Mahdiyning chiqishi to‘g‘risidagi hadislar 
Ibn Taymiya o‘zining «Muntaqo» asarida shunday yozadi: «Mahdiyning chiqishi 
haqida sahih hadislar bor. Ularni Ahmad, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar. 
Masalan, Ibn Mas’uddan rivoyat etilgan ma’ruf hadis: 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
16. «Agar dunyodan faqat bir kun qolganida ham Alloh taolo uni uzun qilib qo‘ygan 
bo‘lardi. Hatto (toki) ismi mening ismimga, otasining ismi otamning ismiga to‘g‘ri 
keladigan bir kishi chiqadi. U dunyoni (oldin) qanday jabru zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) 
uni shunchalik adlu adolatga to‘ldiradi». 
17. Abu Dovud va Termiziy Ummi Salamadan rivoyat qiladilar: «Mahdiy mening 
avlodimdan, Fotimaning bolalaridan». 
18. Abu Dovud rivoyat qiladi: «Yerga yetti yil egalik qiladi». 
19. Ali (r.a.) Hasanga (r.a.) qarab shunday dedi: «Uning pushti kamaridan hali bir 
kishi chiqadi. U Nabiylaringiz ismi bilan nomlangan bo‘ladi. Payg‘ambarga tuzilishda 
emas, xulq-atvorda o‘xshaydi. Yer yuzini adolatga to‘ldiradi». 
Ammo «Iso ibn Maryamdan o‘zga Mahdiy bo‘lmas», degan hadis zaifdir. Shu sababli u 
boshqa hadislarga qarshi tura olmaydi» (Ibn Taymiya so‘zi tugadi). 
20. Tabaroniy Qays ibn Jobirdan, u otasidan, otasi bobosidan rivoyat qiladi: 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hali mendan so‘ng xalifalar bo‘ladi. 
Xalifalardan keyin amirlar bo‘ladi. Amirlardan so‘ng podshohlar, podshohlardan so‘ng esa 
zo‘ravonlar bo‘ladi. So‘ng ahli baytimdan bir kishi chiqadi. U yer yuzini (oldin) qanday 
jabr-zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) xuddi shunday adolatga to‘ldiradi. So‘ng qahtoniy amir 
qilinadi. Meni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, u (ahli baytdan chiqqan kishi) undan 
(qahtoniydan) keyin emas». 
 
Ibn Xaldun aytadi: «Asrlar davomida ahli islom orasida mashhurki, oxir zamonda ahli 
baytdan bir kishi aniq chiqadi. Dinni quvvatlaydi, adlu adolat o‘rnatadi. Musulmonlar 
unga bo‘ysunadilar. Islom yerlariga egalik qiluvchi bu kishi Mahdiy nomi bilan taniladi. 
Dajjolning chiqishi va sahih hadislarda aytilgan Qiyomatning boshqa shartlari shundan 
keyin bo‘ladi». 
Ibn Xaldun aynan shu mavzuga taalluqli bir qancha hadislarni ham keltirgan. Quyida 
ularning sahih va hasanlari beriladi. 
21. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) dedilar: 
«Ahli baytimdan bo‘lgan bir kishi arabga egalik qilmagunicha dunyo ketmaydi. Ismi 
mening ismim bilan bir bo‘ladi» (Termiziy rivoyati, hasan sahih). 
22. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar 
dunyoning faqat bir kuni qolsa ham, albatta, Alloh taolo ahli baytimdan dunyoni (oldin) 
jabru zulmga to‘lganidek, adolat bilan to‘ldiradigan bir kishini yuboradi» (Abu Dovud 
rivoyati). 
 
23. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi 
vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman: «Mahdiy mendandir. U peshonasi ochiq 
(ya’ni, boshining yarmigacha sochi yo‘q), burgut burun kishi. Yer jabru zulmga qanday 
to‘lgan bo‘lsa, (endi uni) adlu adolatga shunday to‘ldiradi. Yetti yil podshohlik qiladi» 
(Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan). 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin