www.ziyouz.com kutubxonasi
6
10. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Dunyoda eng saodatli kimsa Luka’ ibn Luka’ bo‘lib qolmagunicha
Qiyomat qoyim bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati, hasan). Luka’ ibn Luka’ – past, yaramas qul yoki nodon kimsa.
11. Anas ibn Molik (r.a.) vafoti yaqinlashganida aytdi: «Sizlarga Rasulullohdan
(sollallohu alayhi vasallam) bir hadis aytib beraymi?! Mendan keyin hech kim uni sizga
aytmaydi! Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman:
– Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning zohir bo‘lishi, xamrning ichilishi, zinoning yoyilishi
va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir.
Hatto ellik ayolga bitta qarovchi-erkak bo‘ladi».
12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan chiqqan
bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Muttafaqun alayh). Ibn Hajar aytadi: «Qurtubiy o‘zining «Tazkira»sida shunday deydi: «Hijoz olovi
Madinadan chiqdi. U tungi ulkan zilzila bilan boshlandi. Bu 654 hijriy sana, jumodul
oxirning uchinchi (seshanba) kunida boshlanib, juma kuni peshinga yaqin tugadi».
Navaviy aytadi: «Barcha Shom ahli bu olovning chiqqanini juda yaxshi biladi»
(«Fathul Boriy»dan). 13. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
huzurlariga bordim. Payg‘ambarimiz dedilar: «Qiyomat oldidan olti narsani sana: mening
vafotim, so‘ng Baytul Maqdis fathi, so‘ng xuddi chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan
o‘lat, so‘ng mol-dunyoning to‘lib-toshishi, so‘ng bironta arab xonadonini qoldirmay
kiradigan fitna, so‘ng sizlar bilan Bani Asfar o‘rtasidagi tinchlik. Ular aldaydilar.
Sizlarning ustingizga saksonta tug‘ bilan (bostirib) kelishadi. Har bir tug‘ tagida o‘n ikki
ming (jangchi) bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati). «Chorva o‘lati kabi orangizda tarqaladigan o‘lat». Ya’ni, orangizda bir kasallik
tarqaladi va shu sababli o‘lim ko‘payadi. Bu Umar (r.a.) davrida Shomda tarqalgan vabo
deb taxmin qilinadi. Mana shu vaboda Abu Ubayda va boshqa ko‘plab musulmonlar
o‘lgan.
Endi Bani Asfarning xiyonatiga kelsak, ular saksonta bayroqning har biri ostiga o‘n
ikki ming jangchini to‘plab bostirib keladi. Ya’ni, qariyb bir million askar bilan hujumga
o‘tadi.
14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
«Dajjol (kelishi) oldidan bir necha yillar aldov-makrlar bo‘ladi. Bu yillarda rostgo‘y
yolg‘onchiga chiqarilib, yolg‘onchi rostgo‘y sanaladi. Omonatdor xiyonatchiga, xiyonatkor
esa omonatdorga chiqariladi. Mana shu muddatda Ruvaybaza gapga tushadi» (Ahmad, Abu Ya’lo va Bazzozlar rivoyat qilgan. Sanadi juda yaxshi). Xuddi shu mazmundagi boshqa bir hadisni Ibn Moja Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
Unda quyidagi qo‘shimcha ham bor:
«– Yo Rasululloh, ruvaybaza nima degani o‘zi? – deyishdi sahobalar.