www.ziyouz.com kutubxonasi
4
«(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi. Agar ular (Quraysh
kofirlari Muhammad alayhissalomning payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘jiza ko‘rsalar (ham u payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga) yuz o‘girurlar va «(Bu) har doimgi sehr-ku!» derlar» (Qamar, 1-2). Buxoriy va Muslim Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: «Makka ahli Rasulullohdan
(sollallohu alayhi vasallam) oyat-mo‘’jiza ko‘rsatishni so‘radi. Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) ularga oyni ikki bo‘lib ko‘rsatdilar. Makka ahli Hiro tog‘i oyning ikki
bo‘lagi o‘rtasida qolganini ko‘rdi».
Bayhaqiy va Ibn Jarir Abdulloh ibn Mas’uddan sahih sanad bilan rivoyat qiladi:
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida oy bo‘lindi. Quraysh ahli: «Bu Abu
Kabsha o‘g‘lining sehri», deyishdi. So‘ng aytdilar: «Safarda yurgan kishilar nima
deyishiga qaranglar. Chunki Muhammad hammani baravar sehrlay olmaydi». Safardan
qaytganlar ham shuni aytishdi». Ya’ni, oyning bo‘linganiga guvohlik berdilar.
Ibn Kasir aytadi: «Bunga ulamolar orasida ittifoq qilingan, ya’ni, oyning bo‘linishi
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida bo‘lgan va u eng katta mo‘’jizalardan
hisoblanadi».
Inshaalloh, Qiyomatning kichik shartlariga oid hadislarni keyingi faslda keltiramiz. Biz
kichik alomatlarning deyarli barchasi voqelikda ko‘ringaniga guvoh bo‘ldik. Faqat bitta
alomat hozircha yuz bergan yo‘q va u katta shartlar jumlasiga kiradi. Ba’zilar uni kichik
shartlar qatorida sanashgan. Vallohu a’lam!
«Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning yoyilishi, xamr (mast qiluvchi ichimliklar) ichilishi,
zinoning keng tarqalishi va erkaklarning kamayib, ayollarning ko‘payib ketishi Qiyomat
qoyim shartlaridandir, hatto ellikta ayolga bitta qarovchi (erkak) bo‘ladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Ushbu hadisda zikr etilgan alomatlarning deyarli barchasi bo‘lib o‘tdi. Faqat ellikta
ayolga bir erkakning to‘g‘ri kelib qolishi hali hayotda yuz bermadi. Ulamolar voqelikdagi
mazkur alomatlarni Qiyomatning kichik shartlari qatorida sanaydilar.
Alloh taolo bizni fitna domidan salomat saqlasin! Himoyachimiz Alloh! U eng ishonchli
himoyachidir!