www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Ibn Hajar aytadi: «Bu o‘ylab turib aytiladigan gap emas. Ehtimol, ma’ruf hadisdir.
Ehtimol, uni ba’zi bir ahli kitob so‘zidan olgandir» («Fathul Boriy»dan). 44. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Dajjol kelib, Madinaning yaqiniga tushadi. So‘ng Madina uch marta silkinadi.
Shunda uning oldiga barcha kofir va munofiq kimsalar chiqadi» (Buxoriy rivoyati). 45. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qildim. Qoracha, sochlari yoyilgan bir kishi
boshidan suv tomchilardi. Men: «Bu kim?» deb so‘radim. «(Iso) ibn Maryam», deyishdi.
So‘ng yana aylanishda davom etdim. Banogoh gavdali, qip-qizil, jingalak sochli bir ko‘zi
ko‘r kishi(ga ko‘zim tushdi). Uning ko‘zi uzum donasidek nursiz edi. «Bu Dajjol»,
deyishdi. U xuzoalik Ibn Qatonga (Ibn Qaton – Abdul Uzzo Qaton. Xuzoadan. Johiliyatda
hayotdan ko‘z yumgan) juda o‘xshab ketadi» (Buxoriy rivoyati). «Dajjol Madinaga kirishdan mahrum qilingan-ku?! U qanday qilib Ka’bani tavof etishi
mumkin?!» degan savolga qozi Iyoz shunday javob beradi: «Dajjol Makkaga oxir
zamonda chiqqan payti kiritilmaydi».
46. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi
vasallam) namozda Dajjol fitnasidan panoh tilaganlarini eshitganman» (Buxoriy rivoyati). 47. Nuvas ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) Dajjol haqida gapirib shunday dedilar: «Agar u chiqqanida men orangizda
bo‘lsam, qarshingizda o‘zim unga hujjat keltiruvchiman. Agar orangizda yo‘qligimda
chiqsa, har kim o‘ziga-o‘zi hujjat keltiruvchi (himoyachi) bo‘ladi. Barcha muslim ustida
Alloh o‘rinbosarim (hujjat keltiruvchi)dir. Sizlardan qay biringiz Dajjol (zamoni)ga yetsa,
unga (qarshi) Kahf surasining avvalgi (oyatlari)ni o‘qisin. Bu oyatlar sizlarni Dajjol
fitnasidan saqlovchi bo‘ladi.
– U qancha turadi? – deb so‘radik biz.
– Qirq kun, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), – bir kuni yildek, bir kun
oydek va yana bir kuni haftadek, qolgan kunlari (oddiy) kunlaringizdek bo‘ladi.
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). Bir yildek bo‘ladigan kunda bir kecha-
kunduzlik namoz bizga kifoya qiladimi?
– Yo‘q. Unga o‘z miqdorini belgilaysizlar. So‘ng Damashq sharqidagi oq minora oldiga
Iso ibn Maryam tushadi. Lud darvozasi yonida Dajjolga yetib, uni o‘ldiradi»(Muslim va Termiziy batafsil rivoyat etishgan. Abu Dovud muxtasar bayon qilgan. Yuqoridagi lafz Abu Dovud rivoyatidan). Navaviy «Sharhi Sahihi Muslim»da aytadi: «Ulamolar mazkur hadisni zohiriga ko‘ra
olishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan uch kun uzunlikda haqiqatan yil, oy va haftaga teng
keladi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Qolgan kunlari (oddiy)