www.ziyouz.com kutubxonasi
23
55. Ibn Umarning mavlosi (ozod qilgan quli) Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar (r.a.)
Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni uchratib, unga g‘azabini qo‘zg‘aydigan bir so‘z
aytdi. (G‘azablangan) Ibn Sayyod shishib-kattalashib, hatto ko‘chani to‘ldirdi. So‘ng Ibn
Umar (r.a.) Hafsa roziyallohu anhoning oldiga kirdi. U ham voqeadan xabardor bo‘lgan
edi. Hafsa Ibn Umarga dedi: «Alloh rahmatiga yo‘liqqur, Ibn Sayyoddan nimani xohlagan
eding. Axir Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «U (Ibn Sayyod) avval g‘azab
qilib keyin chiqadi», deganlarini bilmaysanmi?» (Muslim rivoyati) 56. Yana Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar aytadi: «Men uni (ya’ni, Ibn Sayyodni)
ikki marta uchratdim. Bir gal uni qavm bilan ko‘rdim. Qavmdagilardan biriga: «Sizlar uni
o‘sha (Dajjol) deb aytasizlarmi?» dedim. Ular qasam ichib: «Yo‘q (unday emas)»,
dedilar. «Meni aldayapsizlar, – dedim men. – Sizlardan kimdir aytgan edi. U to
orangizda eng badavlat va serfarzand kishi bo‘lmaguncha o‘lmas emish». Biz bir oz
gaplashib turib so‘ng ajralishdik. Boshqa safar uni uchratganimda (bir) ko‘zi chiqqan
ekan. Men undan: «Bir ko‘zing qachon chiqdi?» deb so‘radim. «Bilmayman», dedi u.
«Boshingda turgan ko‘zingni ham bilmaysanmi?»
«Agar Alloh xohlaganida uni sening manavi asoingda ham yaratgan bo‘lardi».
Shundan so‘ng u xuddi eshakdek juda qattiq pishqirib, xirillab yubordi. Ba’zi
yo‘ldoshlarim aytishicha, men uni qo‘limdagi aso bilan uribman va hatto asoim sinib
ketibdi. O‘zim esa, Allohga qasamki, hech narsa sezganim yo‘q».
Ibn Umar keyin mo‘minlar onasi (Hafsa roziyallohu anho) oldiga kirib, bo‘lgan voqeani
gapirib berdi. Ummul mo‘minin (Hafsa) dedi: «Undan nima istaysan? Axir Rasulullohning
(sollallohu alayhi vasallam) quyidagi so‘zlarini bilmaysanmi: «Albatta, uning insonlarga
yuboradigan eng birinchi narsasi g‘azabidir» (Muslim rivoyati). «O‘zim hech narsa sezganim yo‘q», degani Ibn Umarning (r.a.) Ibn Sayyodga qattiq
g‘azab qilganiga dalil bo‘ladi. Hatto Ibn Umar o‘zining nima qilganini sezmay qoldi.
G‘azab, agar mana shu darajaga chiqsa, «ig‘loq» (yopish, berkitib tashlash, qorong‘u
qilish) deyiladi. Chunki u kishiga maqsadini qorong‘u qiladi. (Ya’ni, odam o‘zining nima
qilayotganini sezmaydi).
Hafsa roziyallohu anhoning Ibn Umarga aytgan so‘zidan, u ham otasi va inisining
fikrida ekani, ya’ni, Ibn Sayyodni Dajjol deb bilishi ko‘rinadi. Umar (r.a.) Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) oldlarida Ibn Sayyodni Dajjol deb qasam ichgan edi.
58. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Ibn Sayyodni Harra kunida
yo‘qotib qo‘ydik» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan). Harra voqeasi taxminan hijratning 63 yilida Yazid ibn Muoviya zamonida bo‘lib o‘tgan.
Demak, Ibn Sayyod Madinada musulmonlar orasida yetmish yildan ortiqroq yashagan.
Harra jangi kunida yo‘qolib qolgan va hech kim uning qayoqqa ketganini bila olmagan.
Hadisdan ko‘rinib turibdiki: «Ibn Sayyod o‘ldi, odamlar uning yuzini ochib ko‘rib, Dajjol
emasligiga amin bo‘ldilar», kabi gaplar sahih emas ekan.