|
qiyomat alomatlari ziyouz com
Xattobiyning fikri
Ibn Asir «Jome’ul usul»da Xattobiyning quyidagi so‘zlarini keltiradi:
«Ibn Sayyod xususida kishilar xilma-xil fikrlar bildirishgan. Ba’zan savol qilinadi:
«Qanday qilib Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yolg‘ondan payg‘ambarlik da’vosini
qiluvchi kimsani Madinada sog‘-omon qoldirdilar? O‘zlariga hamshahar bo‘lib turishiga
ruxsat berdilar? Buni qanday tushunmoq kerak? Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
nima uchun Duxon surasidan bir oyatni yashirdilar? So‘ng unga: «Tur, yo‘qol, hech
qachon haddingdan oshma!» dedilar?»
Menimcha, bu voqea musulmonlar bilan Madina yahudiylari va uning ittifoqchilari
o‘rtasida sulh tuzilgan vaqtlarda bo‘lib o‘tgan. Ya’ni, Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) Madinaga kelganlarida yahudiylar bilan quyidagi shartlar asosida sulh tuzgan
edilar:
1. Yahudiylarning hech qachon shahardan chiqib ketmasliklari.
2. Ularning o‘z hollariga tashlab qo‘yilishlari.
Ibn Sayyod ham yahudiy yoki ularga taalluqli hisoblanardi. Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) Ibn Sayyodning da’volarini, o‘ziga g‘oyibdan xabar berilishini
eshitganlaridan so‘ng, uning oldiga borib sinab ko‘rdilar. Suhbat so‘ngida ma’lum
bo‘ldiki, u ham sehrgar yoki folbin yoki jin xabar keltiruvchi kimsa yoxud shayton bilan
«bitim tuzgan»lardan ekan.
Duxon surasini aytolmasdan «Dux» deb qolganidan keyin Payg‘ambar (a.s.) uni:
«Tur, yo‘qol! Hech qachon haddingdan oshma!» deb quvib yubordilar.
Ya’ni, bu samoviy vahiy emas, balki shayton uning tiliga solayotgan vasvasa edi.
Chunki Ibn Sayyod vahiy orqali xabar beradigan nabiylar martabasidan ham, qalb
nurlari ila haqni to‘g‘ri topadigan, ba’zi narsalarga ilhomlanadigan avliyolar darajasidan
ham yiroq edi. U o‘zicha g‘oyibdan xabar berib, goh topib, goh adashib yurardi. «Menga
rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», deganida, «Senga ish chalkash-chigal bo‘lib
ketibdi», degan edilar unga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
Xullas, Ibn Sayyod mo‘min bandalar uchun bir fitna-sinov qilib yuborilgan.
šÎ=ôγuŠÏj9
ô⎯tΒ
šn=yδ
.⎯tã
7πoΨÍh‹t/
4©zóstƒuρ
ô⎯tΒ
†yr
.⎯tã
7πoΨÍh‹t/
Dostları ilə paylaş: |
|
|