«Osmon ochiq tutun (duxon)ni keltiradigan kun» (Duxon, 10). Ibn Sayyod: «Dux», dedi (ya’ni to‘liq ayta olmadi).
«Tur, yo‘qol! – dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam), – hech qachon
haddingdan oshma!»
Shunda Umar ibn Xattob dedi: «Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Ruxsat
bering, uning bo‘yniga uray!» Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar u (haqiqatan
ham Dajjol) bo‘lsa, hech qachon uning ustida hukmingni o‘tkaza olmaysan. Agar u
(Dajjol) bo‘lmasa, uni o‘ldirishda sen uchun biron yaxshilik yo‘q» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Olim aytadiki: «Men Ibn Umarning shunday deganini eshitganman: Shu (voqea)dan
so‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ubay ibn Ka’b Ansoriy bilan Ibn Sayyod
yotgan xurmozorga bordilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xurmo shoxlariga
tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘lib xurmozorga kirdilar. Chunki Payg‘ambar (sollallohu
alayhi vasallam) Ibn Sayyodga o‘zlarini ko‘rsatmay turib, uning so‘zlarini eshitmoqchi
edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyodning o‘z to‘shagida barxat
yopinchig‘i ustida yotganini ko‘rdilar. U yerdan g‘o‘ng‘illagan ovoz kelardi. Banogoh Ibn
Sayyodning onasi Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib qoldi va Ibn Sayyodga:
«Ey Sof, ana Muhammad», dedi (Sof – Ibn Sayyodning ismi). (Onasining so‘zlarini
eshitgan) Ibn Sayyod o‘rnidan sakrab turdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Agar (onasi) indamaganida, uning ishi oydinlashgan bo‘lardi».
52. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam),
Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar Madina yo‘llarining birida Ibn Sayyodni
uchratib qolishdi.
– Mening Alloh rasuli ekanimga guvohlik berasanmi? – dedilar Payg‘ambar (sollallohu
alayhi vasallam).
– Siz meni Alloh rasuli deb guvohlik berasizmi? – dedi Ibn Sayyod.
– Allohga, farishtalariga va kitoblariga iymon keltirdim. (Ey Ibn Sayyod) Nimalarni
ko‘ryapsan?
– Suv ustida turgan arshni ko‘ryapman.
– Sen dengiz ustida Iblis arshini ko‘rgansan. (Yana) nima ko‘ryapsan?
– Ikki rostgo‘y va bir yolg‘onchini yoki ikki yolg‘onchi va bir rostgo‘yni ko‘ryapman.
– Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi. Qo‘yinglar uni, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu
alayhi vasallam) (Muslim va Termiziy rivoyati).