Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
Fotima binti Qays aytadi: «Men bularni Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) 
(eshitib) yodlab olganman» (Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati). 
 
Mazkur hadisni Fotima binti Qays bilan birgalikda Abu Hurayra, Oisha va Jobir 
(roziyallohu anhum) ham rivoyat qilishgan. 
Yuqoridagi sahih hadis Masih Dajjolning Yaman va Shom dengizi orollaridan birida 
zanjirband ekaniga ochiq dalolat qilmoqda. Boshqa (38- va 39-) hadislarda 
sharhlanganidek, u mashriq tomondan – Xuroson yoki Isfahondan chiqadi. 
* * * 
Savol: Bugunga kelib barcha katta-kichik orollar kashf qilib bo‘lindi. Biron yerda 
Dajjolga tegishli bir narsa topilmadi. Xo‘sh, bunga nima deyiladi? 
Javob: Biz Allohga va Uning rasuliga iymon keltirganmiz. Inshaalloh, bu savolga 
mana shu javob kifoya. Endi boshqacharoq bir javob aytishga ham urinib ko‘ramiz: 
Alloh taolo Masih Dajjolni insonlar ko‘zidan yashirib qo‘ygan. Biz agar butun orollarni 
kezib chiqsak ham, baribir uni hozir ko‘ra olmaymiz. Tamim Doriyning ko‘rishi esa Alloh 
tomonidan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) haqliklariga qilingan qo‘shimcha 
alomat bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytgan so‘zlar bilan Tamim Doriy 
keltirgan xabar bir-biriga muvofiq edi. 
Nabiy alayhissalom uning so‘zlarini kishilarga yetkazar ekanlar, quvonchlarini hech 
kimdan yashirmagan edilar. 
Ibn Sayyod Masih Dajjolmi?! 
Ibn Sayyod Madinai Munavvarada tug‘ilgan. Ota-onasi yahudiy bo‘lgan. Unda Dajjol 
alomat-belgilari topilgan. Ashobi kiromlar uning Dajjol yoki Dajjol emasligini bila 
olmaganlar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda ochiq bir gap 
gapirmaganlar. Biz bu faslda Ibn Sayyod haqidagi hadislarni va masalaning daqiq 
o‘rinlarini sharhlagan ulamolar so‘zlarini keltirib o‘tamiz. So‘ng, inshaalloh, o‘zimiz haq 
deb topgan xulosani bayon qilamiz. 
51. Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob va bir guruh sahobalar 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan Ibn Sayyod tomonga (uni izlab) chiqdilar. 
Ibn Sayyod Bani Mug‘olaning baland uylari yonida bolalar bilan o‘ynab yurgan ekan. Bu 
vaqtda u balog‘atga yetay deb qolgan edi. Ibn Sayyod to Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) uning yelkasiga turtmagunlariga qadar hech narsa sezmadi. «Mening Alloh 
payg‘ambari ekanimga guvohlik berasanmi?» deb so‘radilar. Ibn Sayyod Rasulullohga 
(sollallohu alayhi vasallam) qaradi-da: «Sizning ummiylar payg‘ambari ekaningizga 
guvohlik beraman, siz meni Allohning rasuli deb guvohlik berasizmi?» dedi. Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) uni rad qildilar va: «Allohga va Uning rasuliga iymon 
keltirdim», dedilar. So‘ng Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Ibn Sayyoddan 
so‘radilar: «Nimalar ko‘ryapsan?» «Menga rostgo‘y ham, yolg‘onchi ham kelyapti», 
javob berdi Ibn Sayyod. «Inshaalloh, sen uchun chigal bo‘libdi (aralashib ketibdi)», 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
dedilar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam). So‘ng yana Ibn Sayyodga 
gapirdilar: «Men sendan bir narsani yashirdim». 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon surasining quyidagi oyatini yashirgan 
edilar: 
ó=É)s?ö‘$$sù
tΠöθtƒ
’ÎAù's?
â™!$yϑ¡¡9$#
5β%s{߉Î/
&⎦⎫Î7•Β
∩⊇⊃∪

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin